Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ulug‘bek Rahmatullaev xayriya konserti orqali lisenziyasini qaytarib oldi


“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi joriy yilning 27 iyunidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullaevning viloyatlarda o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etmaganligi tufayli xonandaning lisenziyasi tugatilganligi haqida ma’lum qilgan edi.

Muassasa 11 iyul kuni xonandaga lisenziyasini qaytarib bergan.

“Oradan bir oz vaqt o‘tib, xonanda Ulug‘bek Rahmatullaev Muassasaga murojaat bilan chiqib, u o‘z xatosini tushunib yetganligini va o‘z tashabbusi bilan chekka hududlarda konsert berish niyatida ekanini bildirdi. Uning bu murojaati muassasa tomonidan qo‘llab quvvatlanib, xonanda joriy yilning 10 iyul kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumani, Jom qishlog‘ida san’atsevar xalqimizga o‘zining xayriya konsert dasturini taqdim etdi.

Ulug‘bek Rahmatullaevning o‘z xatosini tushunib yetganligini va o‘zi tashabbus ko‘rsatib xayriya konsert dasturini namoyish etganligini inobatga olib, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi huzuridagi Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi yig‘ilishida 11 iyuldan xonandaning lisenziyasi qaytarib berilishi ma’qul deb topildi”, - deyiladi xabarda.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3840 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ulug‘bek Rahmatullaev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное