Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ulug'bek Rahmatullaevning yangi kasbi...

Bir necha kun avval biz Ulug'bek Rahmatullaev o'z kasbini o'zgartirganligi haqida xabar bergan edik. Bugun esa mana shu kasbni o'zgartirganligini fotosuratdan ham bilib olish qiyin emas. U aktyor bo'lmoqchimi yoki operator? Balki endi klipmeykerlik bilan shug'ullanayotgandir? Xullas, Ulug'bekning muxlislarini qiynamagan holda haqiqatni aytib qo'ya qolamiz. Ulug'bek Rahmatullaev o'zining xonandalik kasbiga sodiq! Biroq, shu orada "Aql va yurak" nomli kinokartinada ham ajoyib obrazni talqin etdi. Aslida shu kunga qadar yaxshi ssenariy uchratmayotgan Ulug'bek va nihoyat o'ziga mos rolni topa oldi. Sevimli xonandamiz bu filmda Aql obrazida namoyon bo'ladi, uning filmdagi sherigi Zarina Nizomiddinova esa Yurak qiyofasida ishtirok etadi. Qiziq, filmda suratga tushayotgan Alisher Uzoqov hamda Munisa Rizaevalar qanaqa rollarni talqin etishar ekan? Har holda "Asab" obrazini ijro etishmasa bo'lgani... Film rejissori Sherali Islomov o'zining debyut filmini mart oyining ikkinchi yarmida taqdim etish niyatida. Hozircha esa biz sizga Ulug'bekni "Aql va yurak" filmi uchun kuylagan "Shirin orzu" nomli qo'shig'iga ishlanayotgan klipning suratga olish jarayonlaridagi fotosuratlarini taqdim etamiz.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4127 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rahmatullaev, Ulug'bek
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
BlackStarMega Yana nimayam derdik
Like | 0
BlackStarMega Ijodiga omad!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное