Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Rahmatullaevning konserti 3 kun bo'ladimi?

Ulug'bek Rahmatullaev

УЛУҒБЕК РАҲМАТУЛЛАЕВ "БОШ ОҒРИҒИ"  ҲАҚИДА БАТАФСИЛ!

Xabaringiz bor 26-27 oktyabr kunlari "Istiqlol" san'at saroyida Ulug'bek Rahmatullaev o'zining navbatdagi konsert dasturini taqdim etadi. Ushbu konsert dasturiga tayyorgarliklar uzoq muddat davom etdi, natija esa ko'ngildagidek ketmoqda!!! Bugungi kunga kelib chiptalarning barchasi sotib bo'lingan! Bizga qadar yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra Ulug'bek Rahmatullaevning 2012 yil 26-27 oktyabr kunlari bo'lib o'tadigan yakkaxon konsert dasturiga chiptalarning barchasi sotib bo'lingan. Muxlislar esa konsertga yana bir kun qo'shilishini istashmoqda. Ammo, Ulug'bek Rahmatullaev konsert kunlarini ko'paytirish niyati yo'q ekanligini ma'lum qildi. Zero, konsert dasturi uchun Ulug'bek tayyorgarliklarni boshlar ekan 2 kunlik konsert dasturi tashkil etish borasida rejalarni tuzib qo'ygan edi. Ham jismonan, ham ruhan tayyorgarliklar 2 kun uchun mo'ljallangan. Undan ortig'iga esa Ulug'bek bu yil tayyor emas! Zero, konsert dasturi faqatgina bir insonning imkoniyatidan kelib chiqib amalga oshiriladigan ish emas. Unda 50-60 dan ortiq ijodiy guruhning mehnati talab etiladi. Ulug'bekning raqqoslar guruhi ham ushbu 2 kunlik konsert dasturidan so'ng xorijga gastrol safari bilan jo'nab ketishlari rejalashtirilgan bo'lib, ulardan boshqa raqs guruhi konsert dasturidan o'rin olgan barcha qo'shiqlarga qanday harakatlanish, qanday raqsga tushish kerakligini bilmaydilar. O'rganishlariga esa anchagina vaqt talab etiladi. Mayli, nima bo'lgan taqdirda ham biz do'stimiz Ulug'bek Rahmatullaevni oldidagi katta imtixonidan eson-omon yorug' yuz bilan o'tib olishiga tilak bildirib qolamiz. Kelgusi yilda esa konsert dasturlarini oldindan ko'proq kun tashkillashtirish borasida tayyorgarliklar olib boradi, degan umiddamiz.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2959 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Улуғбек Раҳматуллаев, Rahmatullaev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
zorro_4747 gap yo‘ omad
Like | 0
Alijon_oshiq пишет: | 17.10.2012 | 20:42 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Omad tilayman. Eng yaxshi xonanda. Ayniqsa "DUSHA BOLNA" qöshig'i Dushanbe shahrida xitga aylandi. Omad!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное