Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Umidaxon yangi klipi bahonasida qachon turmush qurishini aytdi

 


Nihol” mukofoti sovrindori Umidaxonning ijodida yangiliklar bisyor. Bugun xonanda “Qalampir.uz” tahririyatiga tashrif buyurib yangi qo‘shiq va klip ustida ish boshlaganini ma’lum qildi.
 
Xonandaning “Safsata” nomli yangi qo‘shig‘i she’ri va musiqasi uning eski hamkori Eldor Qayumovga tegishli. Musiqiy sayqalni esa Jasur Badalboyev bergan.
 
“Biroz tanaffus qildim. Qo‘shimlarimni taqdim etish fursatini kutdim. Chunki ko‘p qo‘shiqlarda bir xillik ko‘zga tashlanyapti. Ijodda yangilik qilish har qachongidan ham qiyin bo‘lib ketyapti. “Safsata” nomli yangi qo‘shig‘im ijodimda burilishga sabab bo‘lmasada, o‘z yo‘nalishda muxlislarimga manzur bo‘ladi, degan umiddaman”, deydi Umidaxon.
Ayni damda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 3-bosqichida tahsil olayotgan Umidaxon bilan suhbatni diktafonga yozishning imkoni bo‘lmadi. Bunda unumli fodalangan xonanda ijodi va shaxsiy hayotiga oid savollarga tortinmay javob berdi. Xonanda so‘nggi vaqtlarda o‘zi haqida tarqalgan gap-so‘zlarga e’tibor qaratar ekan, turmushga chiqishi bilan bog‘liq savollarni ham chetlab o‘tmadi.

“Nasib qilsa, vaqt-soati yetganda, albatta, turmush quraman. Har holda hayotimdagi bunday quvonchli voqeani muxlislarimdan yashirishni niyat qilmaganman. Ammo hali yana biroz vaqt borday, nazarimda. Loaqal o‘qishni bitirib olay, uy yumushlari, ro‘zg‘or ishlariga vaqt ajrata olishga imkon topay, so‘ng turmushga chiqaman. Allaqachon turmush qurgan yoki to‘y kuni aniq ekan, degan gaplarni eshitsam, to‘yimga o‘zimni ham aytarsilar, deb qo‘yaman(kulib)”.
Darvoqe, xonandaning yangi “Safsata” nomli qo‘shig‘iga klipni Dilmurod Agzamov va Rustam Murodov suratga olishga. Unda rollarni xonandaning do‘stlari aktyor Sherzod Saydialiyev va aktrisa Ziyoda Xudoyqulova ijro etishgan. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6284 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: mashmasha, Umidaxon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Salohiddin97 :p Sizdi man olaman Umidaxon.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное