Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Qo'rqmas - soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

UMS abonentlari soni 643,1 ming nafarga yetdi

2015 yil birinchi choragi natijalariga ko‘ra, Universal Mobile Systems (UMS) mobil operatori abonent bazasi 643,1 min nafar foydalanuvchini tashkil etdi. Bu haqda Rossiya va MDH davlatlaridagi yetakchi telekommunikatsiya operatori “Mobilnie TeleSistemi” MChJ hisobotida e’lon qilindi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, abonent bazasining o‘sish ko‘rsatkichi 2015 yil boshiga qaraganda 3,41 barobarga ortgan. 2014 yakunida esa operator O‘zbekistonda 188,1 ming abonentga xizmat ko‘rsatgan edi. MTS`ning bashorat qilishicha, UMS abonent bazasi 1,15 mln abonentga qadar ortadi.
2015 yilning birinchi yarmida UMS`ning O‘zbekistondagi ulushi 2014 yilgi 1 foizdan 3 foizga qadar ortgan. Kompaniya 2015 yilda 189 mlrd so‘m daromad ko‘rishni rejalashtirgan.
Choraklik hisobotda keltirilishicha, operator ko‘rgan operasion zarar 66,323 mlrd so‘m bo‘lib, sof zarar miqdori 28,123 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Hisobot davrida OIBDA (asosiy vositalar amortizatsiyasi va nomoddiy aktivlar chiqarib tashlangunga qadar bo‘lgan daromadni bildiruvchi tahliliy ko‘rsatkich) ko‘rsatkichi -22,235 mlrd so‘mni tashkil etgan. MTS OIBDA ko‘rsatkichi bo‘yicha ijobiy natijaga 2016 yilda erilishini bashorat qilmoqda.
2015 yilning ikkinchi choragida bir oyda bitta abonent tomonidan foydalanilgan daqiqalar ko‘rsatkichi (MOU) 462 daqiqa bo‘lib, 2015 yil birinchi choragida bu raqam 356 daqiqani tashkil etgan. Bir oyda bitta mobil aloqasi abonentiga bo‘lgan o‘rtacha hisob (ARPU ko‘rsatkichi) 23373 so‘mni tashkil etgan (2015 yil birinchi choragida — 21027 so‘m). 
Eslatib o‘tamiz, UMS 2014 yil 1 dekabrdan O‘zbekistonning barcha hududlarida o‘z xizmatlarini ko‘rsatishni boshlagan.
“Universal Mobile Systems” ta’sischilari “Mobilnie TeleSistemi” OAJ (50,01 foiz) va Axborot texnalogiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” davlat unitar korxonasi (49,99 foiz) hisoblanadi.


Manba:kun.uz
Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 3548 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 1| Рейтинг: UMS
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
BaBy_DiNoOo Omad iwlarda
Like | 0
begim4155 Ums zörda.
Like | 0
sarbon1997 Ucell bn beeline day bula olmasa kere
Like | 0
NuR_KR 643,1 ming shuni bittasi men H
UMS yes
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное