Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Uzoq kutilgan "YONAR" video Klipi!

Bugungi kunda o‘zining jo‘shqin ijodi bilan muxlislari qalbini zabt etgan, estradamizning eng yorqin va sevimli yulduzi Munisa Rizayeva har bir ijod mahsulida o‘ziga xos shijoat va uslubda namoyon bo‘lib, muxlislariga nihoyatda katta zavq bag‘ishlaydi. Yaqindagina Munisaning “Yonar” nomli yangi taronasi uchun videoklip suratga olinayotgani haqida ma’lumot berib, fotoreportaj taqdim etgan edik. Bugun esa ana shu videoklipni eng birinchilardan bo‘lib, saytimizda tomosha qilishingiz mumkin.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tishimiz lozimki, Munisa Rizayevaning “Yonar” taronasining so‘zi Feruz Abdullaevga, musiqasi Shuhrat Umarovga tegishli bo‘lib, Jasur Badalboyev musiqiy sayqal bergan. Tarona uchun videoklip yaratishda Munisa, iste’dodli aktyor va rejissyor Muhammadali Iskandarov bilan hamkorlik qildi.  
Qiziqarli syujet bilan yaratilgan klip jarayonlari So‘qoq qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi. Videoklipda Munisa bilan birga Muhammad Ali Iskandarov, taniqli aktyor va aktrisa Saida Rametova hamda Murod Rajabovlar bosh rollarni ijro etishgan. Munisa Rizayeva har bir yaratgan kliplarida muxlislarini hayratlantirib kelgan, shuningdek “Yonar” klipida ham xonanda kutilmagan ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ham kir yuvib, tandirda non yopib kelinchak obrazini qoyilmaqom ravishda ijro etgan ijodkor aktrisalik iste’dodini ham namoyon etadi.
Marhamat sevimli xonandangizdan yangi videoklipni qarshi oling.


KO'CHIRIB OLISH
 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5248 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Yonar, Munisa Rizayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Muslima979797 Vawe yoqmidi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное