Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ayol Qalbi - True Love
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

UzReport TV telekanali Discovery Channel bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

UzReport TV telekanali Discovery Channel telekanali bilan uzoq muddatli hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolaganini ma’lum qildi.
Ushbu hamkorlik bir qator dasturlarni qamrab olgan. Unga ko‘ra, "Bu qanday yasalgan?" (How It’s Made?), "Bu qanday yasalgan: Orzudagi avtomobillar" (How It’s Made: Dream Cars), "Er qanday ishlaydi?" (How the Earth Works) va "Hayot tezligi" (Speed of Life) kabi dasturlar UzReport TV telekanalining eksklyuziv tarjimasida namoyish etiladi.
Bu kelishuv telekanal kontentini yanada boyitish hamda uni millionlab teletomoshabinlar uchun yanada qiziqarli qilishga yo‘l beradi. Telekanal ko‘p sonli teletomoshabinlar fikrlarini o‘rgangan va ularning istaklarini inobatga olgan holda ushbu tanlovni amalga oshirgan.
Qayd etilishicha, telekanalda dastlab "Bu qanday yasalgan?" ko‘rsatuvi namoyish etilishi boshlanadi.
Ma’lumot uchun, "How It's Made?" ko‘rsatuvi Discovery Channel telekanali tomoshabinlari uchun qimmatli bilimlar taqdim etadigan ko‘rsatuv bo‘lib, unda tomoshabinlarga kundalik ehtiyoj uchun ishlatiladigan oddiy buyumlarning qanday sharoitlarda yasalishi jarayoni ko‘rsatib beriladi. Xususan, bu ko‘rsatuv orqali tomoshabinlar uchun tish cho‘tkasidan tortib golf koptoklarigacha bo‘lgan turli buyumlarning yaratilishi jarayoni haqida ma’lumot beriladi.
Ko‘rsatuv haftaning seshanba va payshanba kunlarida, soat 20:30da rus va o‘zbek tillarida efirga chiqishi aytilgan. Bugun, soat 20:30da bu ko‘rsatuvning ilk sonini tomosha qilish mumkin.
Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu hamkorlik nafaqat filmlar namoyishi, balki boshqa qo‘shma loyihalarni ham ko‘zda tutadi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3405 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Discovery Channel, Uzreport TV, telekanal, telekanali
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
donmir1 Bu kanal EChL ni ham efirga uzatyaptimi?
Like | 0
Akbar-alax88 Uzreport tv qachon vilyatlarda namoyish etiladi?
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное