Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Ayol Qalbi - True Love
. Qo'rqmas - soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 2
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Oilaviy” va “Diyor” telekanallari ishga tushdi


Bugun, 16-dekabrdan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida yangi "Oilaviy” va "Diyor” telekanallari ish boshladi. Bu haqda O‘zMTRK matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lumki, raqamli teleko‘rsatuvlarga texnik va texnologik jihatdan o‘tish bo‘yicha Davlat dasturini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida ko‘rsatuvlarni efirga uzatishning yangi formatiga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonini rivojlantirish orqali teleradiokanallar tomonidan barcha bahramand bo‘la oladigan raqamli televideniyening ijtimoiy majmuini shakllantirish ishlari amalga oshirilyapti. Ushbu tadbirlar doirasida joriy yilning 16 dekabridan ikki yangi raqamli telekanalni test-sinov tariqasida efirga uzatish boshlanyapti.

«Oilaviy» telekanali ««O‛zbekiston»» teleradiokanali ijodiy bazasida tashkil etilib, e'tibor ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan sog‘lom zamonaviy avlodni rivojlantirishga qaratilgan yoshlar siyosati, jumladan, kirib kelayotgan 2014 yilning «Sog‘lom bola yili» deb nomlanishi bilan bog‘liq chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish jarayonlarini yoritishga qaratiladi. Shuningdek, kanalning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida jamiyatning barcha qatlamlari talablarini hisobga olgan holda tomoshabinlarga dam olishning faol va sog‘lom turlari to‘g‘risida ma'lumot berish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish orqali oila institutini mustahkamlashga, bola tarbiyasining ustivor pedagogik usullarini targ‘ib qilishga, ayollarning, ona va bolaning reproduktiv sog‘lig‘ini mustahkamlashga bag‘ishlangan teledasturlar tayyorlash hisoblanadi. Kanalda «Sog‘lom ona-sog‘lom bola», «Salomatlik» va shunga o‘xshash keng qamrovli dasturlarni amalga oshirishga oid teleko‘rsatuvlar namoyish etiladi. Ko‘rsatuvlar o‘zbek va rus tillarida efirga uzatiladi.

Yangi «Diyor» telekanali «Madaniyat va ma’rifat» telekanali ijodiy bazasida tashkil etilib, teleko‘rsatuvlar dasturi shuningdek o‘n ikkita hududiy teleradiokompaniyalar teledasturlari asosida shakllantiriladi va teletomoshabinlarni O‘zbekistonning turli shaharlari, qishloqlari va viloyatlaridagi hayotni keng tanishtirishga yo‘naltiriladi. Asosiy e'tibor mamlakatimiz hududlarining tarixi, madaniyati, urf-odatlari va qadamjolari to‘g‘risida maxsus teleko‘rsatuvlar tayyorlashga qaratiladi. 



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5188 | Рейтинг: 0| Рейтинг: UzMTRK, MTRK, telekanal, Oilaviy, Diyor
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное