Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы »

O'zbek telekanallarining ommaboplik reytingi e`lon qilindi



Joriy yilning 22 fevralidan 24 fevraliga qadar Telegram’dagi ommabop kanallarda O'zbekistondagi telekanallarning reytingini aniqlash maqsadida so'rovnoma tashkil etildi.

So'rovnoma natijalariga ko'ra, Uzreport TV, Milliy TV va MY5 telekanallari kuchli uchlikdan joy oldi. Tahlillar Telegram’dagi mingdan ziyod auditoriyaga ega 7 ta kanallarda o'tkazildi.

Unga ko'ra, ko'ngilochar telekanallar orasida tomoshabinlarning nisbatan ko'p qismi Milliy TV’ni, axborot kanallari orasida esa Uzreport TV’ni qayd etishgan.

Internetdagi ovoz berish natijalari shuni ko'rsatdiki, so'rovchilarning 36,6 foizi Uzreport TV’ni, 17,8 foizi Milliy TV’ni tomosha qilishlarini ta`kidlashgan, uchinchi o'rinni esa so'rovchilarning 17,7 foiz ovozi bilan MY5 telekanali egalladi.

Reytingning keyingi pog'onasida quyidagi telekanallar qayd etildi: Kinoteatr (9,3%), Yoshlar (4,8%), O’zbekiston (4,2%), Sport (3,0%) va yangi ochilgan Zo’r TV (2,3%). 

So'rovnoma turli tashkilotlarning reklama kampaniyalari faoliyatini samarali rejalashtirish uchun teletomoshabinlarning ob`yektiv munosabatini bilish maqsadida o'tkazildi.


Manba:kun.uz
Категория:
Просмотров: 3716 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: MTRK
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR My5 zur man uchun 1 Mtv 2 uzreport 3
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное