Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

MTRK: oq choynakka ko‘k qopqoq yoki teskarisi


Aslida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi kadrlar almashinuvi masalasiga alohida to‘xtalish, kim qaerni egalladiyu, kim nimaga qodirligi haqida biroz mulohaza yuritish niyatida edik. Lekin mamlakatning bosh media korxonasidagi o‘zgarishlar shu qadar ko‘p va shu qadar tezlikda ro‘y beryapti-ki, bugun aytadigan gaping ertaga o‘z mantig‘ini yo‘qotib qo‘ymoqda.

Eng so‘nggi yangiliklardan so‘z ochadigan bo‘lsak, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Xayrulla Nuriddinovning yana kompaniya raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga qaytgani bo‘ldi. Kuni kecha uning “O‘zbekiston” telekanali direktorligiga tayinlagani haqida ma’lumotlar tarqalgandi. Nuriddinovning o‘rniga o‘tirgan Bahodir Yunusovning taqdiri hozircha noma’lum.

Yana bir qaynoq o‘zgarish – Nodir To‘laganovning yangi tashkil etilgan “O‘zbekiston 24” telekanaliga rahbar bo‘lganligidir. Vaholanki, uning TV olamini tark etganiga hech qancha vaqt bo‘lmagan edi. Katta niyatlar bilan yangi telekanalga direktor bo‘lgan Ozod Hamidxo‘jaev esa xali o‘z ishidan zavq olib ulgurmasdan “xonasidan chiqib ketishga” majbur bo‘ldi.

Shuningdek, texnik masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari etib, ushbu lavozimni bir muncha vaqt ilgari tark etgan Nusrat Hikmatulaevning yana o‘z kursisiga qaytayotgani xaqida mish-mishlar ham yo‘q emas. Agar bu rost bo‘lsa, qadrdon kasbiga yaqinda qaytgan Shuhrat Rasulovning vazifasi yana so‘roq ostida qoladi.

Xullas, MTRKdagi o‘zgarishlar yana qancha davom etishini taxmin qilish mushkulga o‘xshaydi. Shunday ekan, yangi rais Bobur Alixonovga sabr, bardosh va sokinlik tilab qolishdan boshqa ilojimz yo‘q.

O‘zgarishlar tinib, har bir choynak o‘z qopqog‘ini topib bo‘lganidan keyin, mavzuga yana qaytamiz. Va o‘shanda nasib qilsa, bir piyola choydan xo‘plab hammasi haqida bafurja suhbatlashamiz.



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 2264 | Рейтинг: 0| Рейтинг: MTRK
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное