Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

O‘zbekiston teleradiokompaniyasi muxlislar taklifini kutmoqda



Milliy teleradiokompaniya o‘z faoliyatini takomillashtirish uchun, unga befarq bo‘lmagan muxlislarni muhokamaga taklif qildi.
Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini takomillashtirish uchun O‘zbekiston prezidenti qaroriga binoan maxsus komissiya tashkil qilindi.
Komissiyaning asosiy vazifasi sifatida sohada mavjud bo‘lgan kamchiliklarni hamda xorijiy telekanallar tajribasini yaqindan o‘rganib chiqish va teleradiouzatish tizimining samaradorligini tubdan oshirish belgilangan.
Ushbu komissiya tomonidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi muxlislari orasida faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi manzilda ommaviy so‘rov o‘tkazilmoqda.
U yerda sohaga befarq bo‘lmagan fuqarolar Milliy teleradiokompaniya faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini kiritishlari mumkin. Har bir taklif maxsus komissiya tomonidan o‘rganib chiqilishi xabar berilgan.
Ayni damda Milliy teleradiokompaniya faoliyatini takomillashtirish uchun konsepsiyani ishlab chiqish bo‘yicha keng qamrovli ish olib borilmoqda. Bu haqda joriy yil 10 may kuni prezident matbuot xizmati kotibi Asad Xojayev tomonidan OAV vakillari o‘tkazilgan bilan uchrashuvda xabar bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, 30 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev video muloqoti chog‘ida Milliy teleradokompaniyasi faoliyatiga “Axborot” va “Davr” informatsion dasturlaridan kelib chiqib aytgan tanqidiy fikrlar bildirgan edi.
O‘shanda Shavkat Mirziyoyev bu sohada ahvol haligacha “eski hammom, eski tos”ligicha qolayotganini, “Ura-ura”chilik zamoni o‘tgani, televizorda tanqidiy va tahliliy materiallar berish, “Axborot” ko‘rsatuvini o‘zgartirish kerakligini ta’kidlagan edi.
 


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2681 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: MTRK
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
sanjarezoz Zerikarli ko‘rsatuvlari juda ko‘payib ketgan. Nomi "Yoshlar"u qarilarimiz ko‘radgan narsala hammasi. :)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное