Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Vaqt” filmi uchun saundtreck tasvirga olindi

O‘zbek kino olamida yana bir kartina suratga olindi.  “Vaqt” nomi ostida yaratilayotgan yangi film tez kunlarda katta ekranlarga chiqishi kutilmoqda. Mazkur kartina uchun yaratilayotgan saundtrekning tasvirga olish ishlari bo‘lib o‘tdi. Saundtrek estradamizning betakror yulduzi Munisa Rizayeva tomonidan ijro etildi.

Musiqiy asarning so‘zi kartina rejissyori Nodira Murodxo‘jayeva qalamiga mansub.  Musiqasi ustida Mardon Otajonov ish olib borgan. Aranjirovkasi Jasur Badalboyevga tegishli. Bugungi kundagi muammolarni o‘z syujetida aks ettirgan, hayotiy voqealarga asoslangan mazkur film orqali ijodkorlar bugungi kunda ayrim yoshlar to‘g‘ri yo‘ldan adashib, giyohvandlik, bezorilik kabi illatlarga o‘ralashib qolayotganlari va bu yomon holatlarga olib kelayotganini ko‘rsatib, yoshlarga hayotning qadriga yetishlari, o‘zaro munosabatlarda samimiylik, insoniylik kabi fazilatlarga ko‘proq e’tibor berishlarini uqdirishdan iborat.

Kartina janri prixologig drama janrida bo‘lib, Nodira Murodxo‘jayeva rejissyorligida tasvirga olingan.  Unda bir necha videokliplardagi rollari bilan nazarga tushgan umidli ijodkor Sharof Sharapov, Layli Guseynova hamda Mardon Otajonovlar asosiy obrazlarni talqin etishgan. Shuningdek, taniqli aktyorlardan Elyor Nosirov, Barno Qodirova, Gulhumor Abdullayeva, Sayyora Nazirova, yosh xonanda Jahongir hamda “E’tirof-2014” mukofoti sovrindori, raqqosa Shodiyora Omonovalar ishtrok etishgan. Filmni tasvirga olishda operatorlik vazifasini Sherzod Umarov bajargan.


Ayni damda siz suratga olish maydonchasidan taqdim etilgan fotosuratlardan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Film esa tez kunda katta ekranlarga chiqadi. Hozircha kuzatishda davom etamiz.


Manba:popcorn.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 5574 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tasvirga olindi, Vaqt filmi, saundtreck, Uchun
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное