Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Vokzalga bomba o‘rnatilgani xabar qilindi


Qozog‘istonning Ostona shahridagi eski temir yo‘l vokzalida portlovchi qurilma o‘rnatilgani haqidagi xabar tezda internet bo‘ylab tarqaldi va keng jamoatchilik muhokasiga sabab bo‘ldi.

Xabarlarga qaraganda, shu yil 26 dekabrdan 27 dekabrga o‘tar kechasi rasmiy “112” ishonch raqamiga eski temir yo‘l vokzalida bomba borligi haqida noxush xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan vokzal hududida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilib, 150 fuqaro evakuatsiya qilindi. Tekshiruv chog‘ida portlovchi qurilma o‘rnatilgani aniqlanmagan.

Hozirda yolg‘on xabar tarqatishda gumon qilinib, muqaddam sudlangan 64 yoshli shaxs qo‘lga olingan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ayni payt vokzal faoliyati odatdagi tartibda davom etmoqda. Fuqarolarning tinchligini buzgan shaxsga nisbatan esa albatta qonuniy jazo qo‘llaniladi.

Dostonbek Rahmatullaev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6670 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Navro‘z, yangi yil
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное