Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Xiyonatkorlar qaysi mamlakatda qanday jazolanadi?

Shunday mamlakatlar borki, er-xotinning bir-biriga qilgan xiyonati jinoyat hisoblanib, ular qattiq jazolanadi. Quyida “Interesno.cc” nashri sizni ular bilan tanishtiradi.
Shveysariya
Evropaning eng ajoyib mamlakatlaridan bo‘lmish Shvesariyada xiyonat qilgan odam uch yilgacha boshqa odam bilan nikohdan o‘ta olmaydi. 
 
Turkiya
Bu mamlakatda xiyonat o‘g‘irlikdan ham yomon jinoyat hisoblanadi. 1996 yildan beri Turkiyada jinsidan qat’i nazar xiyonat qilgan odamga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi
 
Eron
Bu yerda xiyonat qilgan ayolni sud qilib o‘tirmasdan o‘ldirib yuborishadi. Eng yomoni buni ayolning eri yoki erkak qarindoshlari amalga oshiradi. Ammo erkak xiyonat qiladigan bo‘lsa, jamoatchilik tanbeh bilan kifoyalanadi.
Indoneziya
Bu yerning qonunlari Turkiyaning qonunidan ham o‘tib tushadi. Mamlakat qonuniga binoan xiyonat qilgan odam 15 yildan kam bo‘lmagan muddatga qamaladi.
 
Papua — Yangi Gvineya
Bu ekzotik mamlakatda nafaqat xiyonat qilganlar, balki xiyonat ko‘chasiga boshlaganlar ham jazoga tortiladi. Xiyonat qilgan ayolning eri rafiqasining boshini tanasidan judo qilishga majbur, rafiqasi bilan birga bo‘lgan erkakdan esa ayolning bosh barmog‘ini yeyish talab qilinadi.
 
Xitoy
Xitoyda xiyonat qonun doirasidagi jinoyat hisoblanadi. Xiyonat qilgan odam 2 yilga qamaladi va mol-mulkining yarmi davlat foydasiga musodara qilinadi.
Vetnam
Topqir vetnamliklar xiyonatni pul keltiruvchi manba deb hisoblab, xiyonat qilgan odamdan 45-145$ jarima undirishadi. Bu mamlakatda cho‘ntaging ko‘tarsa, istagancha xiyonat qilishing mumkin, barcha jarima rasman, qonun doirasida to‘lanadi!


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 8867 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Ayol, Xiyonatkor
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное