Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Qaqnus - Mal De music
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Xonanda Jasur Umirov bezorilik uchun 15 sutkaga qamaldi


Xonanda Jasur Umirov o‘z tanishiga tahdid qilgani uchun sud qilindi va unga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi belgilandi. Bu haqda «Kun.uz» nashri xabar bermoqda.

Nashr manbasi ma’lumotiga ko‘ra, Jasur Umirov 2018 yilning 18 noyabr kuni tungi soat 03:00larda mast holatda H.Q.ning xonadoniga o‘zining «Kaptiva» rusumli avtomashinasida (davlat raqami 01 P 288 AB) borgan. Shaxsiy adovati bo‘lgani bois uning darvozasiga bir necha marta avtomashinasining oldi qismi bilan urgan. Darvozaga shikast yetkazgan, jabrlanuvchini haqoratlagan va qo‘lidagi pichoq bilan qo‘rqitgan.

«24 aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tuman ma’muriy sudi tomonidan 1986 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan Jasur Umirovga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi, mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik moddasi doirasida sud ishi ko‘rib chiqildi», deyiladi manba ma’lumotida.

Sudda Jasur Umirov aybiga to‘liq iqror bo‘lgan - rostan ham o‘zi bilan olib yuradigan pichog‘i bilan tanishini qo‘rqitib haqoratlaganini tan olgan. Sabab sifatida o‘zi yoqtirgan «Shamsiya» ismli qizni unga turmushga berishmayotganini ko‘rsatgan. Lekin qilgan ishidan afsusdaligini bildirib, suddan yengillik so‘ragan.

Sud estrada yulduzi Jasur Umirovni MJtKning 183-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topdi. Unga 15 (o‘n besh) sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Joriy yilning 26 aprel sanasida Toshkent shahar ma’muriy sudi tomonidan kassatsiya tartibida uning ishi ko‘rib chiqildi va qaror o‘zgarishsiz qoldirildi.



Manba:xabar.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 11453 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Jasur Umirov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное