Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Pazanda - The Sound of Love
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Xorijlik Yigit bilan ketmoqchiman


— 24 yoshdaman. Yurtimizda ishlab yurgan xorijlik yigit bilan tanishib, bir-birimizni yoqtirib qoldik. Tanishganimizga ikki yil bo‘ldi. Yaqinda uning ish muddati tugab yurtiga ketdi. Ota-onamga bu haqda gapirishga qo‘rqaman. Chunki bilaman, baribir rozilik berishmaydi. Yigit esa: «Men bilan birga keta qol, olti oydan so‘ng qaytib kelamiz-da, to‘y qilishni aytamiz. Shunda ular rozi bo‘lishdan boshqa iloji qolmaydi», demoqda. Shunday yo‘l tutsam bo‘ladimi?

Muyassar, Xorazm viloyati

Tahririyatdan:

— Juda noto‘g‘ri fikr. Ota-onadan yashirincha ish qilishning oqibati «voy» bo‘ladi. Sizning dunyoga kelishingizga sababchi bo‘lgan, oq yuvib oq taragan, qog‘ozdagi qanddek go‘zal tarbiyalagan ota-onani dog‘da qoldirib, allaqaydagi chet ellik yigit bilan o‘zingiz bilmagan yurt, notanish odamlarnikiga qay yurak, qay jur’at bilan borasiz? Va so‘ngra qay yuz bilan Vatanga qaytasiz? Bu sharmandalik, g‘irt ahmoqlik-ku! Bu muhabbat emas, qabohat! Jon qizim, ko‘zingizni oching! Tafakkur qilib ko‘ring, sizni bu yo‘lga boshlayotgan yigitda or-nomus bormi o‘zi? Balki ularda bunday yo‘l tutish odat tusiga kirgan oddiy hodisa bo‘lsa ajabmas. Biz — o‘zbeklarda bu oriyat! Ota-onani tiriklayin go‘rga tiqish! Qolaversa, hayot tajribasiga ega bo‘lgan, xotin-qizlar masalalari bilan ishlab turli muammolarni o‘rgangan va natijasini ko‘rgan inson, ayol va ona sifatida maslahatim — o‘z yurtingizdagi, iloji bo‘lsa o‘z qishlog‘ingizdagi yigitga turmushga chiqishga harakat qiling. Eng asosiysi, ota-onangiz, qarindosh-urug‘ingizga yaqin joyda yashaysiz. Bu esa o‘zimiz sezmagan katta baxt, qizim! Turmush masalasi faqat ishq-sevgi romantikasidangina iborat emas. Bizda oila muqaddas! Nikoh muqaddas! Ota-ona-muqaddas zotlar hisoblanadi. Bu muqaddaslikka xiyonat qilish gunoh, bolam. Unutmang, o‘zligini yo‘qotgan odam o‘zini tamoman yo‘qotadi.

Mehmon yigitimizga ham o‘z yurti, ota-onasi bag‘rida baxt va omadi kulib yashashini tilab qolamiz.




Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 6932 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: bilan, asal oyi, Xorijlik Yigit, ketmoqchiman, Asoratlarsiz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
kun_uz vatandan ketmang opa notanish kimsa bilan ko'zizi oching uzizga keling
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное