Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Yana bir g‘alaba Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlandi





Namanganlik Furqatbek Yoqubov sportda salmoqli yutuqlarga erishayotgan umidli yoshlardan. 13 yoshidan buyon sport bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan Furqat kikboksing bo‘yicha olti karra O‘zbekiston chempionligiga erishgan, qator xalqaro turnirlar, Osiyo chempionatlarida shohsupadan joy olgan.
 
Penchak silat sport turi bo‘yicha ham olti karra mamlakat kubogi g‘olibidir.
 
U o‘zining navbatdagi g‘alabasini O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga bag‘ishladi.
 
Ushbu jang Xitoyning Shanhay shahrida bo‘lib o‘tdi. 62 kilogramm vaznda ringa tushgan Furqatbek Yoqubov g‘alaba qozonganidan so‘ng, egniga Islom Karimovning surati tushirilgan libosni kiydi.






 
Itervyu berish chog‘ida “Men bu g‘alabamni yurtimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga bag‘ishlayman”, deya ta’kidladi.
tkazilgan jang va intervyu jarayoni tasvirlangan video 26 sentabr kuni YouTube tarmog‘ida tarqaldi. Bugungacha ushbu videoni 50 mingdan ziyod foydalanuvchi ko‘rgan.
 
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Furqatbek Yoqubovni ushbu g‘alabasi bilan tabriklab, kelgusida unga zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz
.
 


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 7026 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Furqatbek Yoqubov, Islom Karimov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное