Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Titanik-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Zerda - Soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Qirolicha - Soundterck
. Qalbim Chechagi-soundtreck
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Yangi Android M’ning besh o‘ziga xosligi

San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan konferensiyada Google Android operasion tizimining yangi versiyasi – Android M taqdimotini o‘tkazdi. O‘tgan yili taqdim etilgan Android 5.0 Lollipop tizimi o‘rniga kelayotgan yangi platformaga 200dan ortiq o‘zgarishlar kiritilgani ma’lum qilinmoqda.
O‘tgan yili OS Apple va Google o‘rtasidagi qarama-qarshilik natijasida Android 4 o‘rnini Android 5.0 Lollipop bosdi. O‘z navbatida, Apple tomonidan taqdim etilgan iOS 8 ham muxlislarini topdi. Hatto Apple kichik ustunlik bilan azaliy raqiblarini yenggani aytildi.
2015 yilda esa konferensiyalar ketma-ketligi o‘zgardi, va bu Apple’ga qo‘l keldi: WWDC I/O 2015dan sifatsizroq bo‘lishi qiyin. O‘z navbatida, Google moda yaratadigan kompaniya rolini ijro eta olmasligini ko‘rsatib qo‘ydi. Taqdimot marosimidan so‘ng hatto Android muxlislari ham Apple o‘tkazgan tadbir qiziqarliroq bo‘lganini e’tirof etdi.
Google Android M’ni operasion tizimlar tarixidagi eng “silliq” platforma sifatida tanishtirdi. Ammo Android tizimi foydalanuvchilari yangi versiyaga o‘tishga unchalik shoshilishmaydi. 2015 yil mayiga kelib Lollipop ulushi arang 10 foizga yetdi. Android 4.1 va Android 4.2 foydalanuvchilari soni esa hamon 15.6 va 18.1 foizni tashkil qiladi. iOS 8 esa 10 foizlik natijani taqdimotdan bir necha hafta o‘tiboq qayd qilgan edi.
Yangi operasion tizim quyidagi besh asosiy apgreydga ega:
1. Google Now yordamchisi ancha “aqlli” bo‘lib qoldi. U kichik maishiy vaziyatlarda yordam bera oladi (masalan, samolyotingiz nechida uchishini eslatib qo‘yadi). Endilikda foydalanuvchi tizimning har qanday qismidan yordamchiga ulana oladi, va Google Now mundarijaga qarab yordamchi ma’lumotlarni uzatadi.
2. Ayrim ilovalar ishlashiga ruxsat berish. Muhim funksiyalaridan yana biri to‘planib qolgan baglarni yo‘q qilishdir. Endilikda dasturlar butun paketga emas, alohida funksiyalarga “ruxsat so‘raydi”. Masalan, foydalanuvchi rasmlarga kirishga ruxsat berishi, ammo telefon raqamlarini yopib qo‘yishi mumkin bo‘ladi.
3. Android Pay. Ushbu to‘lov tizimi asosiy yangiliklardan biri deya talqin qilinmoqda. Ilgarigi tizim – Google Wallet – o‘zini oqlamadi. Yangi servis Apple Pay’dan uncha farq qilmaydi – u to‘lovlarni amalga oshirishga xizmat qiladi, identifikatsiya uchun esa barmoq izlari qo‘llanadi.
4. Barmoq izlari skaneri. Endilikda daktiloskopiya datchiklari Google operasion tizimlarining rasmiy unsuridir. Yangi Android M barmoq izlari identifikatorini operasion tizim darajasida qo‘llab-quvvatlaydi.
5. Doze rejimi. Bu rejim energiya iste’mol qilishni yaxshilashga ko‘maklashadi. Ushbu elektr tejash texnologiyasi uskunaning makondagi harakatlarini qayd qilib boradi, uskuna harakatdan to‘xtaganda esa ochilgan ilovalarni energiya tejovchi ish tartibiga o‘tkazadi.
Korporatsiya vakillarining ishontirishicha, texnologiya HTC Nexus 9 planshetlarida energiyani 2 barobar tejashga yordam beradi. Kutish rejimida u, iPad singari, deyarli quvvat sarflamaydi. Android’da ishlovchi boshqa uskunalar ham ma’lum darajada energiya tejashning uddasidan chiqadi.


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2733 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Android
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное