Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Klon-soundtreck
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Pazanda - The Sound of Love
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Titanik-soundtreck
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Kuz ertagi-soundtreck 2
Главная » Файлы » SOG'LIK

Yangi vaksina saratonning oldini oladimi?

Bolalar uchun bepul vaksinalar miqdori kundan-kunga oshib bormoqda. 2014 yilda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Milliy taqvimiga  rotavirus infeksiyasiga qarshi immunizatsiya vaksinasini kiritgandi. Xo‘sh, 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Milliy emlash taqvimiga qanday kasalliklarga qarshi immunizatsiya vaksinalarini kiritadi? Respublika sanitariya epidemiologik Markazi immunoprofilaktika bo‘limi boshlig‘i Lyusiya Kim davolash muassasalariga tarqatilayotgan vaksinalar va ularning nazorati haqida batafsil so‘zlab berdi.

Emlash organizmga qanday ta’sir etadi?

Emlashning tarixi  qadim zamonlarga borib taqaladi. Ilk emlashlar suvchechakning yengil ko‘rinishiga qarshi amalga oshirilgan... Insoniyat tarixi shuni ko‘rsatdiki, vaksina u yoki bu yuqumli kasalliklarga immunitet shakllantiradi. Ya’ni u immun tizimining qaysidir infeksiyaga qarshi kurashini  kuchaytiradi. Keyin immunitet organizmga kiritilgan infeksiya bilan kurashadi hamda uni chaqirgan mikroorganizmni eslab qoladi. Infeksiya yana organizmga tushgan taqdirda, tabiiy himoya qilgan holda u bilan kurashadi.

JSST Yevropa hududiy byurosi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, poliomelit, qoqshol, difteriya, ko‘kyo‘tal, qizamiq va epidemik paratitga qarshi rejali emlash  har yili butun dunyoda 3 million bolaning hayoti va salomatligini saqlab qoladi.

Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan yangi vaksinalar yana ham ko‘proq — qariyb 8 million bolaning umrini saqlab qolishga ko‘mak beradi.

Kimlar qamrab olingan?

Mamlakatimizda sanitariya-epidemiologiya holatni barqaror saqlash va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashning zamonaviy tizimi yaratilgan. Milliy emlash taqvimiga muvofiq o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘nta kasallikka qarshi emlanmoqda. Milliy emlash taqvimiga kiritilgan immunoprofilaktika tadbirlariga ketadigan mablag‘lar davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi.

Nazorati qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Emlash ishlarini amalga oshirishda foydalaniladigan, jahon tibbiyoti amaliyotida keng qo‘llanilayotgan eng samarali emlash vositalari mamlakatimizga olib kelinib, tegishli tartibda tibbiy-laboratoriya sinovlaridan o‘tkaziladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan muvofiqlik sertifikati bilan kafolatlandi va sovuqlik zanjiri tizimiga rioya etilgan holda joylardagi emlash punktlariga yetkazib beriladi.

Statistika nima deydi?

So‘nggi o‘n yillikda respublikada profilaktik emlash qamrovi 95% ni tashkil etgan bo‘lsa, oxirgi oylarga kelib 99% ni tashkil etmoqda. Va bu o‘z natijalarini bermoqda. Mamlakatda bolalarning infeksion kasalliklarini birdaniga ko‘p miqdorda kamaytirilishiga erishildi.

So‘nggi 10 yilda Milliy emlash taqvimiga uch marta o‘zgartirish kiritildi. 2001 yilning oktabr oyidan boshlab gepatit Vga qarshi vaksina joriy etilgan bo‘lsa, 2007 yilda mamlakatda qizamiq, epidemik parotit va qizamiqqa qarshi emlash ishlari tashkillashtirildi. 2009 yilda qoqshol, difteriya,  gepatit V virusi, gemofil infeksiyalarining barchasi faqatgina bitta vaksina bilan almashtirildi va bir vaqtning o‘zida bolalarni ushbu kasalliklardan ozod qilinishiga sabab bo‘ldi.

Yangi vaksinalar kimlarga joriy qilinadi?

2014 yilning ikkinchi yarmida immunizatsiya Milliy taqvimiga  yangi vaksinatsiya kiritildi va bu rotavirus vaksinasi deya nom oldi. Uni ikki-uch oylik bolalarga qo‘llashadi. Uzoq vaqtlar vaksina AQSh va Yevropada mavjud edi, xolos. Bolalarga vaksinatsiyani tashkillashtirishdan asosiy maqsad bolalarni ushbu infeksiyadan batamom  qutqarishdir. Bu bolalar o‘rtasidagi diareya kasalligini 15-20% kamaytirishga yordam beradi. Darvoqe, bunday vaksina O‘rta Osiyoda ilk bor bizning mamlakatimizda amalga oshiriladi.

2015 yilda immunizatsiya taqvimi pnevmokok infeksiyasiga qarshi emdori bilan to‘ldiriladi. Shuningdek, bu yildan poliomelitga qarshi in’eksion vaksina joriy etilishi ko‘zda tutilgan, ya’ni agar avval vaksina tomchi yo‘li bilan kiritilgan bo‘lsa, endi in’eksiya yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mazkur vaksina bilan bir yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi.

Saratonga qarshi vaksina

2016 yilda esa HPV – inson papillomasi virusiga qarshi emdorilar tatbiq etiladi. Ushbu immunizatsiya o‘smir qizlarga tatbiq etilib, ular bachadon bo‘yni saratonini keltirib chiqaradigan papilloma virusi kasalligining oldini olishga qaratilgan.

Ushbu kasallik statistikasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har yili bachadon bo‘yni saratoni bilan 470 ming holat ro‘yxatga olinadi. Ulardan qariyb yarmi o‘lim bilan yakunlanadi.

O‘zbekiston hukumati tomonidan ushbu maqsadlar uchun byudjetdan 36,227 mlrd. So‘m,  Vaksinatsiya va immunizatsiya bo‘yicha global alyans va JSST tomonidan  4,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ ajratilishi  rejalashtirilgan.

 
 Laylo RUSTAMOVA tayyorladi
Manba:darakchi.uz
 


Категория: SOG'LIK
Просмотров: 4975 | Рейтинг: 0| Рейтинг: saraton, Yangi vaksina
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное