Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Yong‘oq saratonning oldini oladi


Yong‘oq bilan to‘yintirilgan parhez yurak-qon tomirlari tizimi salomatligini asrash, modda almashish jarayonini normallashtirish, bir qator, xususan yo‘g‘on va to‘g‘ri ichak saratonining bir necha turlariga chalinish xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Bunday xulosaga AQShning Illinoys shtati universiteti olimlari tomonidan olib borilgan izlanishlar yakunida kelindi.

Aniqlanishicha, yong‘oq tarkibida turli mikroelementlar va oziqlantiruvchi moddalardan tashqari ko‘plab to‘qimalar, ya’ni ichakdagi bakteriyalarni to‘yintiruvchi ozuqa manbai mavjud.

Tadqiqotlarda o‘rtacha 53 yoshda bo‘lgan 18 nafar erkak va ayol ishtirok etdi. Ularning bir qismi uch haftalik davrda (bir haftalik tanaffus bilan) har kuni 42 grammdan yong‘oq iste’mol qilib borgan bo‘lsa, ikkinchi guruhiga mag‘iz berilmadi.

Har bir davrning boshi va oxirida yong‘oq ichak mikroflorasi hamda modda almashinuviga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini tekshirish maqsadida ularning qoni tahlildan o‘tkazilib turildi.

Yakunda yong‘oq iste’moli ichakda yashaydigan mikroorganizmlar tarkibini o‘zgartirishga, xususan, “Faecalibacterium”, “Roseburia” va “Clostridium” kabi bakteriyalar miqdorini oshirishga olib kelgan. Bunday bakteriyalar esa yo‘g‘on va to‘g‘ri ichak sog‘lomligini asraydigan modda almashinuvi mahsulini ishlab chiqaradi, ichakda shamollash xavfini pasaytirishga turtki beradi. Shuningdek, yong‘oqni muntazam tanovvul qilish organizmda ikkilamchi safro kislotasi va qondagi “yomon” xoltesterin miqdorini kamaytirishga xizmat qiladi.

“Demak, yong‘oqning organizmga beradigan asosiy foydasi ichak bakteriyalari tarkibi va funksiyasini ijobiy tomonga o‘zgartirishidadir”, deb xulosa qiladi olimlar.



Категория: SOG'LIK
Просмотров: 3375 | Рейтинг: 0| Рейтинг: oldini oladi, Yong‘oq, saraton
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное