Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Yong‘oqlar umrni 20%ga uzaytiradi
Har kuni yong‘oq iste’mol qilish asosiy surunkali kasalliklardan, shu jumladan, yurak-qon tomir xastaliklari va ikkinchi turdagi qandli diabet kasalligidan o‘lish xavfini 20% ga kamaytiradi. Bu haqda Garvard olimlari ma’lum qiladi. 

Olimlar ushbu faktga asos sifatida ikkita tadqiqotni olgan. Birinchisi, 122 ming nafar amerikalik hamshiralarning salomatligi va hayot tarziga tegishli bo‘lsa, ikkinchisi, Amerika sog‘liqni saqlash tizimida ishlovchi 51,5 ming nafar erkak uchun xuddi shu ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.    
Ma’lum bo‘lishicha,yong‘oqlarni kam iste’mol qilgan (kamida 30 grammdan haftasiga bir martadan kam) odamlarda, umuman yong‘oq tanovul qilmaydigan odamlarga qaraganda, o‘lim holati 7%ga past bo‘lgan. Haftasiga bir marta yong‘oq iste’mol qilgan kishilarda o‘lim
holati 11%ga kamligi aniqlangan. Har kuni yong‘oq tanovul qiladigan odamlarda ushbu ko‘rsatkich 20%ni tashkil etgan. Yong‘oqning turi o‘lim holatlarining kamayishiga ta’sir ko‘rsatmagan. 
Bundan tashqari, tadqiqotchilar ushbu mahsulotlarni iste’mol qilishning boshqa ijobiy tomonlarini ham aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Kim ko‘proq yong‘oq yesa, o‘sha xushbichim bo‘lgan,
sportga ko‘proq vaqt ajratgan hamda ko‘proq meva va sabzavotlarni iste’mol qilgan.
Umuman olganda esa, to‘g‘ri tanlangan parhez umrni sezilarli tarzda uzaytirishi va ayrim kasalliklar ehtimolini kamaytirishi mumkin. Xususan, diabet va insult kasalligining genetik xavfini baliq parhezi to‘ldira oladi.  


Категория: SOG'LIK
Просмотров: 4614 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yong‘oq, UMR
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
zumrad991 yong'oqni foydali xususiyatlari juda ko'p, miya faoliyatini yaxshiliydi. Xotirani ham mustaxkamliydi.
Like | 0
8306171 Ona tabiatda wifobaxw meva sabzavotlar judaa kup xar biri xar qanaqa kasallikga wifo buladi wuningdek yongoq xam wu haqida kup kitoblarda uqiganman....
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное