Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Qaxvaxona - soundtreck
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Taqdir O'yini-Va Bank
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yangi yil tantanalari qachon, qaerda, qancha? Afisha bilan tanishamiz!


Bir necha kundan so‘ng Yangi yilni qarshi olamiz. Bu bayramni hech kim bolalarchalik orziqib kutmasa kerak. Tez orada ta’til ham boshlanadi. Xo‘sh, ta’tilgacha va ta’til vaqtida qaysi teatrlarda bayram tadbirlari uyushtirilmoqda? Bolalar bilan qaerda borish mumkin. Quyida 2017 yilning 20 dekabridan 2018 yilning 10 yanvariga qadar tashkil etilayotgan Yangi yil tomoshalari haqida ma’lumotlarni taqdim etamiz.

“Qor malikasi” oilaviy myuzikli

2018 yilning 8, 9 va 10 yanvar kunlari “Istiqlol” san’at saroyida katta Yangi yiltomoshasi – Andersenning eng mashhur ertagi asosida sahnalashtirilgan “Qor malikasi” oilaviy myuzikli o‘zbek tilida namoyish etiladi.

Tomosha soatlari: 11:00, 13:30, 16:00.

Rollarda: O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov, aktrisa Zarina Nizomutdinova, Muhammadiso Abdulxairov, Sitora Olimjonova, aktyorlar Kamron Saidmurodov, Lazizxon Burgutxonov, xonanda Jasur Mirsogatov.

Chiptalar narxlari: 10 000 dan 60 000 so‘mgacha.

Chiptalar haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar: (+99871) 233-87-87, (+99890) 169-87-87, (+99899) 899-87-87.

 

“Zolushka” musiqali ertagi

“Zolushka” musiqali ertagi 2017 yilning 30 dekabr va 2018 yilning 2-7 yanvar kunlari Toshkentdagi “Zarafshon” konsert zalida bo‘lib o‘tadi.

Tomosha soatlari: 10:00, 12:00, 14:00, 16:00

Chiptalar narxlari: 15 000 dan 25 000 so‘mgacha

Chiptalar haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar: (+99871) 232-16-52.

 

“Yangi yil konserti” ertak-shousi

Silk Route Marionettes qo‘g‘irchoq teatri 2017 yilning 23-30 dekabr va 2018 yilning 2-7 yanvar kunlari “Samarqand darvoza” savdo majmuasida “Yangi yil konserti” nomli ertak-shouni taqdim etadi.

Tomosha soatlari: 15:00 da o‘zbek tilida, 17:00 va 19:00 da rus tilida.

Chiptalar narxlari: 20 000 so‘m (sovg‘asiz), 50 000 so‘m (sovg‘a bilan)

Chiptalar haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar: (+99895) 198-83-83, (+99893) 394-77-77.

 

“Yalmog‘izning firibgarligi” Yangi yil tomoshasi

“Yalmog‘izning firibgarligi” Yangi yil tomoshasi 2017 yilning 26-30 dekabr va 2018 yilning 2-8 yanvar kunlari O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida rus va o‘zbek tillarida namoyish etiladi.

Teatr-shou 3 yoshdan 12 yoshgacha tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan.

Tomosha soatlari: 10:00, 12:00, 14:00, 16:00

Chiptalar narxlari: 10 000 dan 15 000 so‘mgacha

Chiptalar haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar: (+99871) 244-40-23, (+99893) 553-26-08, (+99894) 640-57-34.

 

“Sayohat ertagi yoki dengizchi Sinbadning yangi sarguzashtlari” spektakli

2017 yilning 23 dekabridan 2018 yilning 10 yanvariga qadar “Sayohat ertagi yoki dengizchi Sinbadning yangi sarguzashtlari” spektakli O‘zbekiston Davlat Akademik rus drama teatrida namoyish etiladi.

Tomosha soatlari: 11:00, 13:00, 15:00.

Chiptalar narxlari: 20 000 dan 25 000 so‘mgacha

5 yoshgacha bo‘lgan bolalar kattalarning chiptasi bilan kiritiladi.

Chiptalar haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar: (+99871) 233-97-15, 233-42-10.


“Svetofor 2 – zamorozka” musiqali ertagi

2017 yilning 22-30 dekabr, 2018 yilning 2 hamda 11 yanvar kunlari “Svetofor 2 – zamorozka” musiqali ertagi O‘zbekiston Davlat musiqali komediya (operetta) teatrida namoyish etiladi.

Tomosha soatlari: 11:00, 13:00, 15:00

Chiptalar narxlari: 12 000 so‘mdan

3 yoshgacha bo‘lgan bolalar kattalarning chiptasi bilan kiritiladi.

Chiptalar haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar: (+99871) 273-85-91, 273-85-29.

 

“Zanjirband qorqiz” musiqali spektakli

2018 yilning 2-10 yanvar kunlari “Zanjirband qorqiz” musiqali spektakli Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali drama teatrida namoyish etiladi.

Tomosha soatlari: 15:00 da.

Chiptalar narxlari: 10 000 so‘mdan

3 yoshgacha bo‘lgan bolalar kattalarning chiptasi bilan kiritiladi.

Chiptalar haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar: (+99871) 245-16-33, (+99890) 959-34 -56.

 

“Kuch adolatda” spektakli

2017 yilning 26-30 yanvar kunlari “Kuch adolatda” spektakli O‘zbek milliy akademik drama teatrida namoyish etiladi.

Tomosha soatlari: 11:00, 15:00 da.

Chiptalar haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar: (+99871) 244-17-51.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3762 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yangi yil, tantanalar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное