Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Samarqand kuni tantanalarida shaharda birinchi qor yog‘di

Samarqand shahrida 18-oktabr, yakshanba kuni qor yog‘di. Bu haqda Twitter foydalanuvchilari ma’lum qildi.
“Birinchi qor bilan, Samarqand!”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri. @Samarqandiy taxallusli foydalanuvchi esa “Samarqandda birinchi qor” deya xabar qoldirib, “birinchi qor bilan selfi”ga tushgan.
Биринчи қор билан селфи )) pic.twitter.com/6HX9fqqp0f
— Farhod Norbutayev (@Samarqandiy) October 18, 2015
“Qarangki, shahar bayramida (har yili 18-oktabr kuni Samarqandda Shahar kuni nishonlanadi — “Daryo” izohi) Samarqandda birinchi qor yog‘moqda. Yoqqanda ham ajoyib qor! Hammani bayram bilan!”, — deb yozadi foydalanuvchi @Usmon_IX.
Ma’lumot uchun, 16—18-oktabr kunlari O‘zbekistonda havo harorati sezilarli pasaydi, deyarli butun mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatildi.
“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 19-oktabr kuni O‘zbekistonning janubiy viloyatlari — Qashqadaryo va Surxondaryoda havo harorati +18 darajagacha, qolgan hududlarda, jumladan, Samarqand viloyatida +15 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda, faqat vodiyda (Andijon, Namangan, Farg‘ona) vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6514 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Kun, Samarqand, birinchi qor yog‘di, Shahar, tantanalar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
blackstar777 Endi qiwam kere
Like | 0
rashid0607 Tezroq qoryoqsayu qizlarni qor bilan bejasak.
Like | 0
Dilso'z пишет: | 18.10.2015 | 22:47 #1 Страница с комментарием
omina1710 Bu yil qish erta keladi shekilli
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное