Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Samarqanddagi o‘qituvchi o‘z uyida o‘ldirilib, yoqib yuborildi

25-avgust kuni Samaqand viloyati Pastdarg‘om tumani ichki ishlar bo‘limining yong‘in qismiga Toshkent ko‘chasidagi uyda yong‘in bo‘layotgani haqida telefon orqali xabar berilgan. Yong‘in zudlik bilan yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgach, uy xonalaridan birida ustiga bir nechta ko‘rpacha yopib qo‘yilgan erkak kishi jasadi topilgan. Bu haqda “Na postu” gazetasiga tayanib, Podrobno.uz xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, halok bo‘lgan shaxs uyning egasi — 1945-yilda tug‘ilgan Oybek N. bo‘lib, u Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalaridan birida dars bergan. Oilasi bilan Samarqand shahrida yashagan Oybek N. dam olish kunlarini ota-onasidan meros bo‘lib qolgan Pastdarg‘om tumanidagi uyda o‘tkazgan.
Marhumning aloqalarini o‘rganib chiqish natijasida voqea sodir bo‘lgan kuni o‘qituvchining uyiga rafiqasining 1994-yilda tug‘ilgan Doniyor ismli jiyani tashrif buyurgani ma’lum bo‘ldi. Shu bois aynan Doniyor mazkur jinoiy ishda asosiy gumondor shaxsga aylanib, qo‘lga olindi.
Gumondor so‘zlariga ko‘ra, u kechki ovqatni pochchasi bilan iste’mol qilishga kelishib, unikiga tashrif buyurgan. Ikkovi ham anchagina spirtli ichimlik ichgan va ikki o‘rtada janjal yuzaga kelgan. Og‘zaki tortishuvdan so‘ng, jiyanining bir necha bor bergan zarbasi natijasida o‘qituvchi yiqilib, nafas olishdan to‘xtagan. Doniyor odam o‘ldirib qo‘yganini tushunib, uning ustiga ko‘rpachalar yopgan va kerosin quyib, uyni yoqib yuborgan.
Shundan so‘ng, jinoyatchi uydan yugurib chiqib, devordan oshib o‘tgan. Bu ma’lumotni tergov-qidiruv vaqtida qo‘shni uydagilar ham tasdiqladi.
Qotillik yuzasidan ochilgan ish sudga topshirilgan.
Manba:daryo.uz


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 11433 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: O'qituvchi, Samarqand
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Begzodjon Ickile oqibati
Like | 0
NuR_KR bechora
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное