Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yangi yilni qorsiz kutamizmi?



Qor – qish faslining ziynati. Ko‘pchilik sovuq harorat va izg‘irin sabab qishni yoqtirmasligi mumkin, ammo Yangi yil kechasida hamma qor kutishi aniq. Bu yil qish fasli bir necha marta o‘z ziynati bilan siyladi. Shu kunlarda esa yana iliq harorat hukm surmoqda. Barchada bir savol: 31 dekabr kuni qor yog‘adimi? Boisi o‘tgan yili respublikamizning ko‘plab hududlarida 2016 yil qorsiz qarshi olindi.
 
31 dekabr shu haftaning shanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yil ham Yangi yilni qorsiz kutib olamiz. Hozircha ob-havo sharoitida keskin o‘zgarishlar kutilmayapti. 29 dekabr kuni qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatiladi, ammo 31 dekabr kuni quyosh zarrin nurlarini hadya etadi. Harorat o‘rtacha 10 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti.
 
Gidrometeorologiya xizmat markazidan xabar qilishlaricha, Farg‘ona vodiysida 31 dekabr kuni havo harorati 10-12 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
 
Samarqand, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 13 darajagacha ko‘tariladi.
 
Navoiy va Buxoro viloyatlarida ham harorat taxminan 12 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
 
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa bahor nafasi hukmronlik qiladi. Sababi 31 dekabr kuni Respublikaning janubiy viloyatlarida havo harorati 16 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa harorat qishga xos past darajada bo‘lsa-da, qor yog‘ishi kutilmayapti. Nukus shahrida 31 dekabr kuni harorat -2 daraja bo‘lsa, Xorazm viloyatida 5 daraja iliq bo‘ladi.
 
2017 yilning 1 yanvarida ham Respublikaning barcha viloyatlarida iliq havo harorati kuzatiladi. Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
 
Bolalarning ta’til kunlarida iliq havo harorati ularning turli ko‘ngilochar maskanlarga borishlari uchun ayni muddao bo‘ladi. Poytaxt Toshkent shahri va barcha viloyatlarda bayram munosabati bilan Yangi yil archalari qad rostlagan. Teatrlarda esa bayram tomoshalari namoyish etilmoqda. 
 


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3543 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yangi yil, ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Yog'ib qolor!!! Yaxshi niyat har doimham togri kelavermaydiyu bu malumot
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное