Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Yilning eng ko‘p xit taronalarini yaratgan Sardor Rahimxondan yangi albom “Sanamjon”

Estradamizning yorqin namoyondasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon yil bo‘yi tinmay ijod qilib, bir qator xalqimizga yoqadigan kompozisiyalarni taqdim etib kelmoqda. Shunga qaramay, yilning eng ko‘p xit taronalarini yaratgan Sardor Rahimxon yana bir tuhfa tayyorladi. Xonanda yangi “Sanamjon” albomini yozdi va muxlislar e’tiboriga havola qilmoqda.

Shu bilan birga, bitta emas, bir nechta yangi qo‘shiqlarni, bir vaqtning o‘zida saytimiz orqali premera qilmoqda. Bu haqida Sardor Rahimxonning o‘zi shunday deydi. “2015 yil ijodimdagi eng omadli yillardan biri bo‘lldi. “Sanamjon”, “Malikam endi qara”, “Tushlarimga kiring otajon”, “Do‘st”, “Jamilaxonim yomonlar” kabi xit taronalarim shu yilda chiqdi. Qolaversa, bu musiqiy asarlar yangi “Sanamjon” nomli albomimdan o‘rin olgan. Shuningdek, albomda jamlangan taronalar ichida 4 tasining premerasi muxlislarni kutmoqda. Ulardan biri “Bez tebya” deb nomlangan kompozisiya bo‘lib, Serj Marshel bilan hamkorlikda yaratilgan. Bu musiqiy asaro‘dan umidim katta. O‘zimga ham juda yoqadi. Unga klip suratga olishni ham rejalashtirganmiz.
Yana biri “Mahabbatim” qozoq tilida kuylagan taronam. Aziza Nizamova so‘zi bilan yaratilgan bo‘lib, musiqasini o‘zim bastalaganman. “Azizam” nomli anchadan beri anons qilinayotgan qo‘shig‘im do‘stim Jonibek Murodov musiqasi va shoir Bobur Bobomurod so‘zi bilan yaratilgan. Mazkur taronaning klipi ham tayyor. Uni yangi yil arafasida taqdim etishni rejalashtirganmiz. “Ohang Media” kompaniyasi bilan chiqarilgan ushbu yangi albom muxlislarga yoqadi degan umiddaman. Katta katta taqdimot marosimlarini yoqtirmayman. Shuning uchun ham taqdimot qilmasdan xalqimizga hvola qildim.” – deydi xonanda Sardor Rahimxon.


Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2707 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yangi albom, Sardor Rahimxon, Sanamjon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное