Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Youtube blogerlari FOXIShAlar ortidan kun ko‘rmoqda


Biz ijodni boshlagan davr 2003- yillar bo‘lsa, 2007 yillar jurnalistika borasida va 2013-yilga qadar internetdan pul topish xaqida fikr xam bo‘lmagan ekan. Atrofimdagilarga ko‘p aytaman: ijodda bir nimani isbotlash uchun qancha yillarni tikib kerak bo‘lsa klip suratga olib uyga yayov kelgan paytlarim bo‘lgan-deb. Rosti! Biz avval nimanidir qoyillatish va isbotlashdan avval tekiniga xizmatni qilib qo‘yganmiz. Maqsad chunki ijod bo‘lgan!
Vaxolanki Yutub kanalimiz 2011-yilda O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Yutub portalidan tan olingan va bernding kanal qilingani xaqida o‘sha paytlar xabar bergandik. Shundayam fidoiy ishlab faqat ijodni ko‘zlagan ekanmiz. Xali xanuz portalimizga pul ishlash uchun yolg‘on sarlavxa va yolg‘on suratlar bilan kollaj qilayotganimiz yo‘q va buni o‘zimizga ep ko‘ra olmaymiz.
Xozirgi kunda pul topishni bu yo‘liga tushgan va xattoki bloger nomiga mos bo‘lmaganlar yolg‘on sarlavxa va suratlar kollaji bilan odamlarni ongini zaxarlay boshlamoqda.
Bloger xam aslida ijodkor va uning ijodi asosan moxiyatda yotadi, iste’dodiga tayanadi, sarlavxa va yoki birovlarni tayyor maqolasini o‘qib berib turli suratlar bilan boyitishda emas!
Masalan saytimizda chiqqan bir necha maqola va videolarni shundoqqina o‘qib berib turli suratlar va baqiroq sarlavxalar bilan o‘zlariga joylayotgan yutubblogerlar ko‘p.
Ularni bloger emas Yutub firibgarlari deb atash mumkin xolos.
Turli rus saytlaridagi shaxvoniy narsalargacha o‘zbekchaga rasvoi raddi balo qilib tarjima qilib ma’nosigacha buzgani yetmaganidek yana o‘ta bir yoqimsiz ovoz va o‘qib berishdagi xam tushunarsiz yetkazib berish...xullas xammasi rasvo.

Endigi katta fojea esa ular bir ikki instafoxishalar deymizmi, sal nomi chiqayotgan va o‘quvchilar soni oshayotgan bexayo nusxalarni nomiga jarangdor va xurmatli bo‘lgan nomlarni QO‘ShISh bilan qo‘shmachilik qila boshlashgani bo‘lmoqda.
Falonchi foxisha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini undoq dedi, falonchi foxisha oligarx Alisher Usmonovni bundoq dedi deya g‘irt so‘zlar qo‘shmachiligi bilan odamlarni ongini zaxarlamoqda.
Seniyam ertaga farzandlaring internetga kiradi va shu narsalarni ularni ko‘rib eshitishiga rozi bo‘larmiding? Shunday qo‘shmachi yolg‘on xabarlar bilan bollaring tarbiyalanishini va bilmagan bo‘lsa xam mana shunday taniqli va xurmatli shaxslar nomidan foydalanib ommalashtirayotgan iprsqi nusxalarni rivojlantirib farzandingni xam tanishtirgani rozimisan?

Fursatdan foydalanib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmatiga mana shunday videomaqolalar yuzasidan monitoring yo‘lga qo‘yib ularni internetdan tozalashga kirishishlarini so‘rardim. Chunki bu misli ko‘rinmas ifloslik!
Na Prezidentga xurmat va na ma’naviyatga va na boshqasiga. Prezidentmi oligarxmi, bu insonlar xayotida mexnat qilib nimanidir qoyillatib va shu maqom darajasigacha o‘zlari erishishgan! Qandaydir bir foxishalar bilan xattoki bog‘lab yozishga xech kimni xaqqi yo‘q!
Demokratiyani xam demokratiyadan farqi juda katta! So‘z erkinliginiyam chegarasi bor! Bizni mentalitet yevropa madaniyati degan demkoratik ayrim irsiyatgacha salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi narsalardan xazar qiladi!

Nima qilasanlar foxishalarni reklama qilib? Illatlarni xurmatli insonlar nomiga qorishtirib?
"Pordpischigi ko‘p" foxisha va yoki ko‘pchilik ko‘ryaptiku shu videolarni deya shoshilmang! Insoniyatning buzuq qatlami xamisha ziyoli va toza qatlamdan ko‘ra ko‘pchilikni tashkil etgan aksioma!
Lekin bu degani ularni shu buzuqlik darajasini rivojlantir degani emasku!
Yutub blogerlari g‘irt firibgar parazit va internet qo‘shmachisiga aylandi qo‘ydi! Mayli bu ularni fojeasi deb bo‘lmas tarafi - ular o‘zlari bilib bilmagan xolda yutubdan pul olaman deb millat yoshlarini ongini zaxarlayapti.
Bunga esa zudlik bilan chek qo‘yish lozim!

 

O‘zi allaqachon Prezident apparati qoshida ideologiya va filtratsiya bo‘limlari va kerak bo‘lsa institutlari tashkil etilishi shart bo‘lgan davrga kelib qoldik. Ushbu loyixani o‘ylab yuribman.
 

Sayyod



Manba:sayyod.com
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 8786 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kun ko‘rmoqda, ortidan, youtube, foxisha, blogerlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Sarvarbek пишет: | 20.09.2018 | 05:58 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует To'g'i aytasiz!!!!Bular g'irt Ifloslar!!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное