Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Soundtreck-Великолепный Век
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Klon-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Yulduz 10 yillik shartnoma tuzdi!?

Yulduz Nizomova yangi ovoz. Xonanda san’at olamiga qadam tashlaganiga u qadar ko‘p bo‘lmadi. Biroq, turli ish yurituvchilar bilan ishlab, nomini hech tanita olmadi. To‘g‘ri manzilni endi topgan ko‘rinadi. “Mo‘’jiza media” ko‘plab san’atkorlarning konsertlarini muvaffaqiyatli tashkil etuvchi markazlardan biri hisoblanadi. So‘nggi paytda markaz iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z oldiga maqsad qilgan. Ulardan biri Bahrom Nazarovga moddiy va ma’naviy ko‘makdir. Markaz rahbari Davron Soipov prodyuser sifatida Nazarovning barcha homiylik ko‘magini o‘z bo‘yniga olgan. Prodyuser va xonanda 30 yillik shartnoma imzolagan bo‘lib, ijodiy hamkorlik ilk yildanoq o‘z natijasini ko‘rsatdi. Bahrom ijodini ancha boshlagan bo‘lsa-da, hech omadi yurishmayotgandi. Prodyuser bilan ish boshlaganidan beri ancha yutuqlarga erishdi. Demak, xonandaning birgina talanti ish bermaydi. Yaxshi maslakdosh, o‘z ishining ustasi bo‘lgan prodyuser yaxshi iste’dodning yuzaga chiqishida muhim rol o‘ynaydi.
Yulduz Nizomova ijodini keng ommaga tanitishni maqsad qilib, o‘z ishiga jiddiy yondoshdi. U “Mo‘’jiza media”ning ikkinchi loyihasiga aylandi. Yaqinda imzolangan shartnoma prodyuser va xonanda zimmasiga katta mas’uliyat hamda vazifalar yuklaydi. Nazdimizda, 10 yil bir xonandani yulduz sifatida kashf etish uchun kifoya!
-Iste’dodli yoshlar ko‘p. Biroq, ularning har biri bilan ham uzoq yillik shartnoma imzolab bo‘lmaydi. Chunki, ularning ayrimlarida g‘ayrat, shijoat yetarli bo‘lgani bilan xulqida ancha kamchiliklar bo‘ladi. Xulqni tuzatishning o‘ziga esa ancha yillar kerak. Ijod esa bir chekkada qolib ketadi. Yulduzning bizga ma’qul kelgan jihati ijodidan oldin uning ijobiy xalq-atvori bo‘ldi. Odobi, tashqi ko‘rinishi, san’atga ishtiyoqi uning kelajakda el ko‘nglidan joy oladigan san’atkor bo‘lishiga umid uyg‘otdi! - deydi, prodyuser Davron Soipov.
Darvoqe, Yulduz Nizomovaning ish yurituvchisi vazifasi ko‘plab san’atkorlarning yaqin do‘sti, shou-biznes qoidalari, sir-asrorlaridan anchagina xabardor bo‘lgan Farhod Badalovga ishonib topshirildi.
Muhimi, maydoni keng o‘zbek san’atida yangi ovoz sohibasi munosib o‘rin topsin!
Jasur HAMROYEV 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5889 | Рейтинг: 0| Рейтинг: YULDUZ, Yulduz Nizomova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное