Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yunusobodda sodir bo‘lgan YTH oqibatida piyoda halok bo‘ldi

16-marta kuni taxminan soat 22:30 da Yunusobod tumani Kichik halqa avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Lacetti rusumli avtomobilda 36 yoshli haydovchi piyodani urib yuborgan.
YTH natijasida 59 yoshli piyoda tan jarohati olgan. Olgan jarohatlari oqibatida fuqaro shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. Toshkent shahar IIBB marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Yo‘l-tranposrt hodisasi haydovchi tartibga solinmagan piyodalar yo‘lakchasidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani ko‘rmay qolgani oqibatida yuzaga kelgan.
Avvalroq IIV YHXBB O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar—fevral oylarida 802 ta YTH sodir bo‘lgani, ularning 255 tasi o‘lim bilan yakunlangani haqida xabar bergandi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1813 | Рейтинг: 0| Рейтинг: piyoda, halok bo‘ldi, Yunusobod
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное