Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Zarina Nizomiddinova oilasi, uslubi va nimadan qo‘rqishi haqida...

Yangi “Qisqa va lo‘nda” deb nomlangan loyihamizda mashhurlarning qiziqishlari  haqida bilib olishingiz mumkin. 
 
GARDEROB
Libos tanlashda doim qomat mos bichimlarga e’tibor beraman. Boshqalarga ham shuni tavsiya etaman. Garderobimda keng bichimdagi ko‘ylaklar deyarli yo‘q. Shuningdek, mashhur brendlarning kiyimlarini ham kamdan kam hollarda kiyaman, o‘zim fason o‘ylab to‘pib, tiktirishga odatlanganman. 
QO‘RQUV
Bolaligimda hech narsadan qo‘rqmaydigan juda sho‘x qiz bo‘lganman. Ammo yoshim ulg‘aygach, qorong‘ulikdan juda qo‘rqadigan bo‘ldim. Ayniqsa, kutilmaganda uyda chiroq o‘chib qolsa, vahimaga tushib qolaman. 
TAOM
Taomnomamda go‘shtli taomlar kam. Masalan, mastava, moshxo‘rda yoki oshni ham go‘shtsiz yeyman. Salatlarga ham  tovuq yoki baliq go‘shti qo‘shishni ma’qul ko‘raman. 
KUMIR
Monika Beluchchi va Odri Xepbernning ijodi, tashqi ko‘rinishiga juda havas qilaman. Hatto o‘zimni tutishda ham shu ikki aktrisaga biroz taqlid qilganman (kuladi). 
OILA
O‘g‘lim Temurxon ikkinchi sinfni bitirdi. Nasib qilsa, yana ikki o‘g‘il va bir qizim bo‘lishini niyat qilganman. Shunda uch o‘g‘ilning ichida bir qizim malikalardek  erka bo‘lib o‘sadi. Hatto ularning qaysi kasbni egallashishlarini ham rejalashtirib qo‘yganman. Masalan, bitta o‘g‘lim albatta sportchi bo‘ladi. Uni chempion bo‘lishini orzu qilaman. Qolgan farzandlarim esa chet elda o‘qib o‘z kasbining malakali mutaxassislari bo‘lishadi. 
GO‘ZALLIK
Yuz va soch parvarishida oddiy muolajalarni qo‘llayman. Sochimga ikki haftada bir marta qattiq va tuxum sarig‘ini surtib turaman. Momolarimizdan qolgan bu resept juda foydali. Turli tadbir, tasvirga olish ishlarida professional pardozdan foydalanman, lekin kundalik hayotda faqat lab bo‘yog‘i bilan kifoyalanaman.
HORDIQ
Ishdan, hayotiy tashvishlardan charchagan paytlarim yoki depressiyaga tushganimda sayohat qilishni yaxshi ko‘raman. Ammo bu yil yozni xorijda o‘tkazish niyatim amalga oshmaydigan ko‘rinadi, chunki ijodiy ishlar bilan bandman. Sayohat uchun faqat issiq mamlakatlarni tanlayman. Tabiatan sovuqqa yo‘qroqman...
Aliya SULAYMANOVA


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5895 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Zarina Nizomiddinova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное