Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Zarina Nizomiddinova to‘y xizmatlari, plastik jarrohlik va ismi o‘zgargani haqida


U hamisha gap–so‘zlar nishonida. O‘zining aytishicha, bu kabi e’tibor ba’zan malolkeladi. Axir u ham hamma qatori hayot kechirishga, ijod qilishga haqli, ammo... Iste’dodli aktrisa Zirani NIZOMIDDINOVA bilan omadli va aksincha uyatga qo‘yganrollari, mish–mishlar va shaxsiy hayot to‘јrisida suhbatlashdik.

— Ayni kunlarda «Saodat» serialining ikkinchi faslida suratga tushyapsiz. Ijodiyjarayon o‘zingizga ma’qul bo‘lyaptimi?

— Ilk marotaba ssenariy bilan tanishganimdayoq serial g‘oyasi menga ma’qul kelgan. Albatta, xolis bahoni tomoshabin beradi, shunday bo‘lsa-da, serial omadli chiqishini va ko‘p sonliauditoriyaga ega bo‘lishini taxmin qilgandim. Haqiqatan ham serial o‘zini oqladi. Televideniedoirasida «Saodat» «Yilning eng yaxshi seriali» mukofoti bilan taqdirlandi. Bugun qaergabormay, hamma meni «Saodat» deya chaqiryapti. Ijodim davomida o‘zim uchun anglaganim shuki, odamlar qahramoningizning ismi bilan chaqirishsa, demak rol zamonamiz qahramonlaridanbiriga aylanib ulgurgan. Menga «Saodat» deya yangi ism qo‘yishganidan xursandman. Aynikunlarda serialning ikkinchi fasli suratga olinyapti.

— Serialning birinchi faslidan so‘ng boshqa rejissyorlardan ham taklif bo‘lgandir?

— Ha! Ammo seriallarda suratga tushishni davom ettirmoqchi emasman. Agar «Saodat» singari ssenariysi yaxshi yozilgan teleasar bo‘lsa bajonidil, hozircha undayi bo‘lmayapti. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz kinodagi rollarim ham kamayib ketdi.

— Filmdagi rollaringizga hali qaytamiz, «Saodat»dagi qahramoningizning keyingitaqdiri haqida ozroq ma’lumot berolasizmi? Tomoshabinlarga qiziq-da, ikkinchifaslida qanday voqealar bo‘lishi...

— Barcha tafsilotlarni aytolmayman-u, ammo serialning ikkinchi faslida kutilmaganburilishlar, hayajonli lahzalar va sevgi uchburchagini ko‘rishingiz mumkin. Jamila G‘ofurovagavdalantirgan qahramon qanday qilib bo‘lsa ham erini qaytarishga urinadi. Boshqahramonlardan birini ijro etgan Uluјbek Qodirov personaji esa Saodatga ko‘ngil qo‘yganbo‘ladi. Ammo uni Yigitali Mamajonovnng qahramoni ham yoqtiradi. Xullas, Saodat ikkitomonlama sevgi uchburchagiga tushib qoladi. Yodingizda bo‘lsa, serialning birinchi faslidaSaodatning akasi vafot etadi, ammo uning hayoti qanday o‘tgani ko‘rsatilmaydi. Serialningikkinchi faslida ana o‘sha personajning hayoti hikoya qilinadi.

— Yuqorida kinoda rollaringiz kamayib ketganini aytdingiz. Ammo kliplardasuratga tushyapsiz?

— Kliplar u qadar ko‘p emas, bir–bir ko‘rinib qolaman, xolos. Kinoda suratgatushmayotganimning sababi yaxshi ssenariylarning yo‘qligida. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, oxirgipaytlarda pichoqqa ilinadigan filmlar kam ishlanyapti. Yuki borlarida ham bir–ikki nafartaniqli aktrisalar ishtirok etishadi, xolos. Yengil–elpi kartinalarda suratga tushgandanko‘ra, vaqtinchalik kinoda ko‘rinmay turganim ma’qul. Rostini aytganda, yiliga 5-6 tafilmda rol o‘ynaydigan davrdan o‘tganman. Aktrisa sifatida ozmi–ko‘pmi o‘z muxlislarimbor.

— Yaxshi, kliplar-chi?

— Asli kliplarda rol o‘ynash aktrisa uchun «minus» fikrimcha. Shunga ham ularning soniniko‘paytirayotganim yo‘q. Gonorar masalasida aniq narhni belgilab qo‘yganman, agar bu klipijodkorlarini qoniqtirsa, hamkorlik masalani o‘ylab ko‘rishim mumkin.

— Kinodagi rollaringizga ham narx belgilanganmi?

— Yo‘q! Filmda meni ssenariyning qay darajada mukammalligi qiziqtiradi, puligaqaramayman, rosti. So‘nggi paytlarda gonorari katta bo‘lsa ham ssenariysi yoqmasa, radetyapman. Negaki, yengil–elpi rollar bilan ko‘rinishni istamayman. Avvallari, ssenariysisayozroq uchta kartinada suratga tushsam, ketidan to‘rt–beshta yuki bor rollarim bo‘lardi. Aytmoqchimanki, muvozanat buzilmasdi. Afsuski, bugun unday emas.

— «Yaxshi ssenariy yo‘q» deya takliflarni qaytaraversangiz, oxir–oqibat umumanchaqirmay qo‘yishsa-chi?

— Rejissyorlar ham anoyi emas, yaxshi ssenariy bo‘lsa, aktrisa rad etmasligini bilib, ishonchbilan taklif bildirishadi. «Hamroh» filmiga chaqirishgandi, ammo bosh qahramonningvafotetishi va ruh obrazida namoyon bo‘lishini bilib, rozilik bermadim. O‘zbek tomoshabinlari uchunyangi janr, kino yaxshi chiqishi kerak deya o‘ylangandim. Buning ustiga har doimgi rollarimdanfarq qilardi. Ammo onam ko‘ngliga olib, unamadilar. Bilishimcha, bu rol Yulduz Rajabovaganasib etdi.

— Ha, «Hamroh»dagi bosh rolni Yulduz ijro qildi.

— Triller janri bo‘lsa ham film «portlash» qilolmadi, bilishimcha. Balki reklamagae’tiborni kuchaytirish kerakmidi...

— Kartina premerasida bo‘ldingizmi?

— Yo‘q, fursat bo‘lmadi. Lekin imkon topib albatta tomosha qilaman.

— «Hamroh» filmining janri ham, mavzusi ham bizning tomoshabinlar uchun yangilik. Negaki, ular maishiy muammolar asosida suratga olinayotgan kinolarga o‘rganibqolishgan. Ehtimol, shuning uchun ham kartina kutilganidek ommalashmagandir?..

— «Ruh 513» filmini eslaysizmi? Juda katta shov–shuv bo‘lgandi. To‘јri, u paytlarifilmlar bugungidek ko‘p bo‘lmagan, ammo kartina treylerining o‘zini tomosha qiliboq etimjimirlab ketgandi. Nima bo‘lganda ham «Hamroh» ijodkorlariga omad tilayman!

— Zarina, paytdan foydalanib, kliplardagi gonoraringiz summasini so‘rasam, aytasizmi?

— Xafa bo‘lmasangiz, bu haqida suhbatlashmasak.

— Ixtiyoringiz. Balki bu haqida Shohruxxondan so‘rarmiz, axir u bilan tez–tezhamkorlik qilib turasiz. Yo o‘zaro shartnoma bormi o‘rtangizda?

— Shohruxxonga hech qachon gonorar haqida gapirmaganman, bu ijodkor bilan ko‘p yillik do‘stmiz. Gonorar masalasini uning o‘zi hal qiladi va men bunga qarshi emasman. O‘rtamizda hech qandayshartnoma yo‘q, shunchaki bir–birimizni qo‘llab–quvvatlaymiz. Ekranda bir–biriga mostushadigan partnyorlar bo‘ladi. Biz Shohruxxon bilan shundaymiz. Qolaversa, ikkimiz rolo‘ynagan musiqiy ketma–ketlik tez fursatlarda ommalashyapti.

— Asalning rashki kelmayaptimi hamkorligingizga?

— (kuladi) Yo‘g‘-e, Asal bilan dugonamiz. S’yomka jarayonlarida qo‘ng‘iroqlashib, ba’zan yozishibturamiz. Shohruxxon bilan avvaldan tanishmiz va Asal buni yaxshi biladi. Shunga hamqizg‘anmaydi. Buning ustiga Asal xarakterimni juda yaxshi biladi. Mendan rashk qilish xayoligakelmaydi ham.

— Zarina epizodik rollarni yoqtirmaydi, degan gapni eshitdim. Rostmi shu?

— To‘g‘ri eshitibsiz. Epizod rolga rozi bo‘lishim mumkin, agar u filmning mazmun–mohiyatiniochib berolsa, albatta. Birrov ko‘rinib qo‘yishni esa istamayman. Tomoshabinlar kulgugaolishmaydimi, «Nomiga ko‘rinib qo‘yibdimi?» deya. Otamning vafotidan so‘ng qattiqdepressiyaga tushib qolgandim. Ruhiy muvozanatingiz buzilganida o‘y–xayollaringiz, bajarayotgan ishingizni nazorat qilolmas ekansiz. Menda ham shunday bo‘ldi. Bir rejissyorningtaklifi bilan uning filmida suratga tushdim. S’yomka ishlari Kumushkonda bo‘lib o‘tdi. Onam meni hamisha qo‘llab–quvvatlab kelgan, ijodimda ham eng yaqin maslahatchim. Ammo ularham sezmay qolganlar, sayoz kartinaga rozilik bildirib qo‘yganimni. Xullas, yengil–elpifilmlarimni yana bittaga ko‘paytirib, qilgan ishimdan juda qattiq pushaymon bo‘ldim.

— Film ekranlarga chiqdimi?

— Yo‘q, chiqmasin ham. Buni nimaga aytdim, epizod rollarda ham shunday bo‘lishi mumkin. Birmarta ko‘rinib qo‘yishingiz, butun aktrisalik faoliyatingizga dog‘ tushiradi. Yaxshi epizodikobrazlarim ham bor, misol uchun Javlon Shodmonov kartinasidagi ijrom. Qamara Kamalovaningfilmida ham epizod rolim bor, u ham omadli chiqqan.

— Bundan bir necha yillar avval «Xonandalikka qaytdim» degandingiz. Yangilikbo‘lmadi-ku?

— Xonandalik faoliyatini boshlamoqchi edim, ammo ikkilandim. Keyin, aktrisaligimni qilaqolay deya, qo‘shiqchilikka e’tibor bermay qo‘ydim. To‘g‘risini aytaman, qo‘shiq kuylagan bo‘lsamham biror marta to‘yga chiqmaganman.

— To‘ylar haqida so‘z ochganingiz ayni muddao bo‘ldi. Bundoq qarasam, faqat siz qolibsizboshlovchilik bilan shug‘ullanmayotgan?..

— Men qatori aktrisalardan, Asal va Shahzoda Matchanovani ham aytishingiz mumkin, to‘ylarda boshlovchilik qilmayapti, deya. Fikrimcha, to‘y xizmatlari qaysidir ma’nodaaktrisaning mavqeiga ta’sir ko‘rsatadi. Katta gapirishni istamayman, bir kun zaruratpaydo bo‘lsa, balki to‘yga chiqarman. Harqalay boshlovchilik ham pul turadi. To‘ylarni olibborish taklifi bilan ko‘plab murojaatlar bo‘ladi, ba’zan gonorarini eshitib, o‘ylanib hamqolaman. Biroq rozilik bildirmayman. Birinchidan, boshlovchilik qilishni bilmayman. To‘јri, istasam o‘rganib olishim mumkin. Lekin to‘y xizmatlariga ehtiyoj sezmayapman.

— Aktrisalik faoliyatiga ta’sir qiladi, deganda nimani nazarda tutdingiz?

— Klip, reklama, ko‘rsatuv va teleloyihalarda qatnashib tursangiz durust. Ammo har kuni, hatto kunora yo haftada ikki marta bo‘lsa ham to‘ylarda ko‘rinaversangiz, sizga hamma qatoriqaray boshlashadi. Siz bilan muloqot qilish oson bo‘lib qoladi. Menimcha, aktrisa tomoshabinbilan ma’lum masofani ushlab turishi lozim.

— Hamisha gap–so‘zlar nishonida ekanligingiz sir emas, to‘g‘rimi?

— Nimasini aytasiz.

— Ijtimoiy tarmoqlardan birida siz haqingizda «o‘zbek Kim Kardashyani» deya izohqoldirilganidan so‘ng unga javoban fikr bildirdingiz. «Zarina qattiq gapirdi» deyashov-shuv qilishdi-yu, fikrimcha, xotirjam yondoshgansiz?

— Instagram sahifamda uyimni videoga olib, «Fotoshop» deganlar uchun atay joyladim. Ko‘rishsin, menga «fotoshop»ning hojati yo‘q. Ko‘zgu o‘zida shunday rakursni aks ettiradiki, gohi tasvir boshqacharoq chiqadi.

— Kim Kardashyanga o‘xshatishganidan jahlingiz chiqdimi yoki yo‘q?

— Nega endi achchig‘im kelsin, kelishgan, chiroyli ayolga o‘xshatishyaptimi, xursandman. Vaqtlarini qizјonmay, men haqimda shuncha fikr bildirishyapti-ku axir, minnatdormanbarchalaridan.

Plastik jarrohlikka murojaat qilganingizni inkor etasiz, shundaymi?

— Ha! Hech qachon plastik amaliyotdan foydalanmaganman. Ikki yarim yildan buyon qomatimnikorreksiyalash maqsadida sport zalida shuјullanaman. Kunora uch soatdan mashq qilaman. Borsirim shu. Turmushdan ajrashganimdan so‘ng haddan tashqari ozib ketdim. Qomatimnitartibga keltirmasam bo‘lmaydi deya, shug‘ullanayotganimni hamma o‘zicha gap qildi. Aslida esabarining ortida mehnat yotibdi. Go‘zallik saloniga borsam ham, qizlar sochimnisurishtirishadi, «O‘zingiznikimi yo ulamami?» deya. Sochlarim o‘zimniki, tabiiy shunday.

— Keling mavzuni o‘zgartirsak, o‘јlingiz bu yil nechanchi sinfga boryapti?

— To‘rtinchi sinf o‘quvchisi bo‘ldi.

— Uning tarbiyasi bilan asosan onangiz shuјullanadi. Buvisining bolasi gapingizgaquloq soladimi?

—O‘g‘lim uchun ham ota, ham onaman. Tan olaman, juda qattiqqo‘lman. Nimaki istasa, barchasinimuhayyo qilaman, ammo shunga yarasha yaxshi o‘qishi kerak. Onam uni erkalatishlari rost, lekinbiror nima qilishdan oldin «Oyingdan so‘ra» deb turadilar.

— Otasi bilan ko‘rishib turibdimi?

— Yo‘q, otasi bilan ko‘rishmaydi.

— So‘rab tursa kerak, u haqida?

— Yo‘q. Temirxonning otasi ko‘p noto‘јri ishlarni qildi. Shungami bilmayman, o‘јlim u haqdaso‘ramaydi. Tug‘ilgan kunida tabriklamaydi, tarbiyasida ishtirok etmaydi. Balki shungadir, o‘zotasiga qiziqmaydi.

— Temirxonning aktirsa ekanligingizga munosabati qanday? Partnyorlaringizdang‘ashi kelmaydimi?

— O‘g‘lim kino bilan haqiqiy hayotni bir–biridan ajrata oladi. Partnyorlarimdan siraqizјonmagan. Lekin ko‘cha–kuyda odamlar bilan ko‘rishib, so‘rashib qolsam, «Oyijon, u kim?» deyaso‘roqlaydi.

— Instagram sahifasida bir million kuzatuvchiga ega aktrisa sifatida qaydetildingiz. Bu sizga nima berdi?

— Aytarli hech nima. Shunchaki, sahifamni kuzatadiganlar soni bir yarim millionga yetdi, xolos.

— Savollarga ro‘yi–rost javob berganingizdan minnatdormiz. Ishlaringizga rivojtilaymiz!

— Rahmat!

Dildora YuSUFBEKOVA suhbatlashdi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 10248 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Zarina Nizomiddinova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное