Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Zohirshoh Jo‘raev: “Bizda shou-biznes degan olamning o‘zi yo‘q”

O‘zbek san’atining zabardast vakili, O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘raevning farzandi Zohirshoh Jo‘raev o‘zbek estrada olamida o‘z o‘rnini topishga intilayotgan yosh xonandalardan biri. Akasi Shohjahon Jo‘raevdek taniqli va faol bo‘lmasa-da, u otasiga munosib bo‘lish yo‘lida astoydil harakat qilayapti.

Zohirshoh Jo‘raev “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida o‘zbek shou-biznes olami haqidagi savolga “Menimcha, bizda shou-biznes degan olamning o‘zi yo‘q. Dunyo darajasidagi shou-biznesga yetishimizga ancha bor. Orada fonogramma, klip olishdagi kamchiliklar kabi xatolarimiz ham bisyor. Son ko‘p, sifat yo‘q”, deb javob berdi.
Shuningdek, suhbat davomida san’atkorlar orasida tanishlari bor ekani, biroq yaqin do‘sti yo‘qligini aytib, barchaning ijodini kuzatib borishini ta’kidladi.
Qo‘shiqchi ijodidagi bir muddatlik tanaffus haqida ham gapirdi: “Kunlar bo‘ldi, san’atdan ko‘nglim sovidi. O‘zimni ko‘p narsadan chekladim. San’atdan, osha-og‘ayni, tanishlardan, turli “o‘tirish”lardan o‘zimni chekladim. Hammamiz ham g‘irromlikdan “sug‘urtalanmaganmiz”, adolatni ba’zan topa olmaymiz. Bu—hayot, ko‘nikib, to‘g‘ri xulosa chiqarishdan boshqa choramiz yo‘q. Bu haqiqatlar meni ko‘p o‘yga toldirdi. Allomalar so‘zlari mag‘zini chaqdim. Demak, biz kurashib yashashimiz, nima bo‘lsa-da, o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak ekan...”


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3821 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Zohirshoh Jo‘raev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Rustamchikk Zohir bratiwka ozingni yozdingmi:-D
Like | 0
NuR_KR яхши кушиклар купку
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное