| Ey gul, Seni unutdim,Uzib ketdi boshqalar.
 Mana endi ilk sevgim
 Yuragimga tosh qalar...
 O, bu toshlar bir ogir,
 Har qirrasi qizil chöq.
 Ogriydi, jonim ogrir,
 Bu ogriqqa davo yöq.
 Guncha eding, Gul eding,
 Ochilmasdan sölding_ku,
 Bahtim eding bor umrim
 Yetmas azob bölding_ku!
 Unutmoqham shunchami,
 Dunyo töldi bögzimga.
 Yonib turgan kunchalik
 Botib qolding közimga....
 Ey gul, sendan kechdim_u
 Unutolmay bagrim qon.
 Hayolingdan öchdimu,
 Hayolimda sen hamon.
 Uzib ketdi boshqalar,
 Yulib ketdi boshqalar.
 Mana endi bir armon,
 Yuragimga tosh qalar. . . !
 |