| Farrux Hamraev-Ko'zingni qorasigaOradan o'tdi bir kun,
 Hayolda kechagi kun
 Qalbimda isming bugun, uyqu bermas
 O'zimga tushunolmay, bu dardni anglay olmay
 Visoling har tarafdan uyqu bermas
 Nega ko'rgim keladi, yana ko'rgim keladi
 Yonimda bo'lmasang gar oromim yo'q
 Aqlimga nima bo'ldi g'ururim qayda qoldi
 Osongina yengildim oromim yo'q
 *****
 
 Ko'zingni qorasiga sochingni tolasiga
 Jonimni fido aylay visoling soyasiga
 Taqdirning goyasiga yoq dema sovg'asiga
 Oshiqlar orasidan men saylandim
 Yodimda har qarashing, yana tanbeh berishing,
 Asta lavash yeyishing hayolimda
 Yuragimni ezishing hayolimda kezishing,
 Liftdan qo'rqib chiqishing hayolimda
 Kiyib egninga libos kelindek otirarding
 Qaniydi men yoningda yor bo'lolsam
 Sen esa begonadek
 Bir yaqin huddi do'stdek
 Do'stmas man senga men lek yor bo'lolsam
 *****
 
 Ko'zingni qorasiga sochingni tolasiga
 Jonimni fido aylay visoling soyasiga
 Taqdirning goyasiga yoq dema sovg'asiga
 Oshiqlar orasidan men saylandim
 Menga yana qandayin jazolaring ko'p
 Mendan ortiq bilaman oshiqlaring ko'p
 Jazolaring ko'p oshiqlaring ko'p, qiynoqlaring ko'p, adolaring ko'p
 Ko'zlar ko'zga tushganida hayajonlar ko'p
 Yelkam uzra ko'tarsamda og'irliging ko'p
 Birga o'tgan damlarimiz bo'lsa edi ko'p
 Qiynoqlaring ko'p adolaring ko'p
 *****
 Ko'zingni qorasiga sochingni tolasiga
 Jonimni fido aylay visoling soyasiga
 Taqdirning goyasiga yoq dema sovg'asiga
 Oshiqlar orasidan men saylandim
 |