Меню
Мега Музыка
Поиск
Oпрос
Senga Oshiqman davom etishini istaysizmi?
Barcha ovozlar: 6528
Фотоалбом
Главная » Файлы » O'zbek estradasi yulduzlari / Звёзды узб эстрады » Other

Nasiba Abdullayeva - Umr bahori
Zar beshikka quyosh belandi, 
Shoshma! – deb oy tongga elandi, 
Tunu kunlar shunday ulandi - 
Oqayotir yillar anhori , 
Qaytarmikan umr bahori? 

Sochimizga qirovlar indi, 
Baxt otiga birovlar mindi, 
Dilda bo‘lur so‘roqlar tindi – 
Qulamasdan hayot chinori, 
Qaytarmikan umr bahori? 

Bahor! Bahor! Umr bahori! 
Orzularim, umid nahori! 
Bahor! Bahor! Umr bahori! 
Qaytarmikan umr bahori? 

To‘lmay turib yuraklar muzga, 
Uzrimiz bor munisa ko‘zga, 
Aytarmi do‘st rozini bizga – 
O‘rtamizda turar devori, 
Qaytarmikan umr bahori? 

Ko‘ngil hanuz mehr so‘raydi, 
Muhabbatni deb yo‘l qaraydi – 
Bobirning ham tutdi xumori, 
Sog‘inchiga gullar o‘raydi, 
Qaytarmikan umr bahori? 

Bahor! Bahor! Umr bahori! 
Orzularim, umid nahori! 
Bahor! Bahor! Umr bahori! 
Qaytarmikan umr bahori?

Категория: Other | Жойлашган бўлим: ADMIN
Просмотров: 5057 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 5.0/2
Реклама

Всего комментариев: 3
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новости сайта



Дополнителное меню
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное