Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Tanho malagim - Soundtreck
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Ishq Ertagi - Title sound
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

11-dekabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlariga qor yog‘adi


O‘zgidromet 11-dekabr, chorshanba kuni uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5—7 daraja, kunduzi 8—10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin) bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, kunduzi 3—8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2—7 daraja, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2—7 daraja, kunduzi 12—17 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2—7 daraja, kunduzi 12—17 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq, kunduzi 4—9 daraja iliq bo‘ladi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1925 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qor, ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное