Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

17-maktab o‘quvchisini o‘qituvchi urib o‘ldirdimi?


Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidagi 17- umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Mirjalol Zokirov o‘qituvchisi tomonidan urib o‘ldirilganligi haqida turli xabarlar tarqaldi, deb yozmoqda O‘zA.

Nashr ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan gap so‘zlar va maktab o‘quvchisi qanday vafot etganiga oydinlik kiritdi.

Aniqlanishicha, marhumning otasi tomonidan farzandining o‘limiga o‘qituvchisi sababchi ekanligi haqidagi gaplari o‘z tasdig‘ini topmagan.

Qo‘qon tumanlararo sud tibbiy ekspertizasi bo‘linmasi tomonidan M.Zokirovning murdasi ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, tegishli xulosa berilgan. Xulosaga ko‘ra, unda tan jarohatlari borligi aniqlanmagan. Marhum M.Zokirovning murdasi tekshirilganda, u hayotlik vaqtida o‘tkir bronxopnevmoniya-bronx va o‘pkalarni o‘tkir yallig‘lanishi kasalligi bilan kasallangani aniqlangan. Aynan mana shu kasallik bevosita voyaga yetmagan o‘quvchining o‘limiga sabab bo‘lgan.

Tuman prokuraturasi tomonidan mazkur maktab o‘quvchisining o‘limi yuzasidan tergovgacha tekshiruv o‘tkazilgan. Farg‘ona viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan ham mazkur holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan bo‘lib, maktabda o‘qituvchi tomonidan marhum o‘quvchi M.Zokirovga sog‘ligiga jiddiy ta’sir qiladigan holat sodir etilmagan. 2018 yil 19 noyabr dushanba kuni chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi M.Mardonov o‘quvchilarni darsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rmagani uchun besh–olti nafar o‘quvchiga tanbeh bergan. O‘quvchilarning sog‘ligiga jiddiy ta’sir qiladigan holatda urmagan.

Marhum o‘quvchi M.Zokirov o‘limi ro‘y bergan 2018 yilning 26 noyabr kuni ham dars mashg‘ulotlarida qatnashgan. Uyida tushlik qilayotgan paytda tobi qochgan va shifoxonaga olib ketilayotgan paytda vafot etgan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8959 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 17-maktab, o‘quvchisi, urib o‘ldirdi, o‘qituvchi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
BARSA 8oI
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное