Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - Soundtrack
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. TisMarHan-soundtreck
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Titanik-soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Efir Sirlari - Piano Version
. Jumong-soundtreck
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Qaqnus - Mal De music
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

JARda maktab o‘quvchisi sinfdoshini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi

Janubiy Afrika respublikasida 16 yoshli o‘quvchi maktabda avvaliga sinfdoshini, so‘ng o‘zini otib tashladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Otishma Gauteng provinsiyasi Deyviton shahridagi o‘rta maktabda oflayn darslar qayta boshlangandan bir kun o‘tib sodir bo‘lgan. Qurbonlarning ikkalasi ham 10-sinf o‘quvchilari.

Voqea 12-dekabr kuni yuz bergan, ammo keyingi kunga qadar xabar berilmagan. Hozirda politsiya otishma sabablari va holatlarini o‘rganmoqda. Vaziyat bilan ishlash uchun maktabga psixologlar yuborilgan.

Dekabr boshida AQShdagi maktabda 15 yoshli o‘quvchi otishma sodir etgandi. Hodisada 3 kishi, 14-17 yoshli maktab o‘quvchilari halok bo‘lgan.

18-oktabr kuni Rossiyaning Perm shahri yaqinidagi Sars qishlog‘ida 12 yoshli o‘spirin maktabga ov karabini (qisqa stvolli miltiq) bilan kelib, o‘t ochgandi. Hodisa darslar boshlanishidan oldin yuz bergan, uning natijasida hech kim jabrlanmagan. Hujumchi qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, 20-sentabr kuni Perm davlat milliy tadqiqotlar universiteti talabasi Timur Bekmansurov oliygoh hududiga miltiq bilan kirib, yo‘lida uchragan odamga o‘q uza boshlagan. Hodisa tufayli talabalar derazalardan tashqariga sakragan. Ko‘pchilik o‘z sinfxonasida barrikadalar qurib o‘ralib olgan. Hujumchi kamida 30 marta o‘q uzgan, taxminlarga ko‘ra, o‘qlar Huglu 12 kalibrli silliq stvolli quroldan otilgan. Oqibatda olti kishi halok bo‘lib, 43 kishi jabrlangan.

 



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1640 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Maktab, o‘ldirib, JARda, so‘ng, qasd, o‘quvchisi, joniga, qildi, o‘z, sinfdoshini
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное