Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Tanho malagim - Soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Merlin-Soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Romeo va Juletta - soundtreck
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Pazanda - Im Loving You
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

1 noyabrdan qoidabuzarlik uchun haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilmaydi


O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining joriy yil 20 oktyabrdagi “Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy jarimalarni to‘lashning billing tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i joriy yilning 1 noyabridan kuchga kiradi.

Mazkur hujjatga muvofiq aynan ushbu sanadan boshlab Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy jarimalarni to‘lashning billing tizimi tajriba tariqasida ishga tushuriladi.

Shuningdek, buyruqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan respublika miqyosida yo‘l harakati sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklarga doir ma’lumotlarning yagona bazasini o‘z ichiga olgan, jarimalar solish tartibotlari va ularning to‘lanishini nazorat qilinishini ta’minlovchi “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimi (KAAT) amaliyotga joriy etilgani ham qayd etilgan.

Endilikda “Ma’muriy amaliyot” KAATdan foydalangan holda transport vositalari haydovchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi birinchi marta yoki takroran sodir etilayotganligi bo‘yicha fakt planshet telefonlar yordamida voqea joyining o‘zida real vaqt rejimida aniqlanadi.

Eng asosiysi, billing tizimidan foydalanishda yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun transport vositalari haydovchilarining haydovchilik guvohnomalari olib qo‘yilmaydigan bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilishni nazarda tutuvchi moddasida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasnodir.

Muhim yangiliklardan yana biri, qoidabuzarga jarima mobil aloqa operatorlari orqali billing tizimidan foydalangan holda SMS shaklda hamda “O‘zbekiston pochtasi” AJ orqali yuboriladi.

Sunnatilla Abdullaev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6722 | Рейтинг: 0| Рейтинг: olib qo‘yilmaydi, 1 noyabr, haydovchilik, qoidabuzarlik, guvohnoma
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное