Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Pazanda - Sad Love
. Ayol Qalbi - True Love
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

23-24 iyun kunlari Toshkentda qaysi ko‘chalar yopilishi e’lon qilindi

23-24 iyun kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tishi munosabati bilan Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Unga ko‘ra:
 
1. Qori Niyoziy ko‘chasi bo‘ylab Niyozbek yo‘lidan to Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha.
 
2. Abdulla Qodiriy ko‘chasi bo‘ylab Abay ko‘chasidan to Movaraunnaxr ko‘chasigacha.
 
3. Osiyo ko‘chasi bo‘ylab Zulfixonim ko‘chasidan to Amir Temur prospektigacha.
 
4. Kichik xalqa yo‘lining Amir Temur prospektidan to Ko‘rgazma ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
 
5. Shastri ko‘chasi bo‘ylab “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasidan to Mustaqillik prospektigacha.
 
6. Yaxyo G‘ulomov ko‘chasi bo‘ylab “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasidan to Oloy ko‘chasigacha.
 
7. Shahrisabz ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur prospektidan to Istiqbol ko‘chasigacha
 
8. Amir Temur prospekti bo‘ylab Osiyo ko‘chasidan to Shahrisabz ko‘chasigacha
 
9. Oloy ko‘chasi bo‘ylab Yaxyo G‘ulomov ko‘chasidan to Shahrisabz ko‘chasigacha
 
10. “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasi bo‘ylab Yaxyo G‘ulomov ko‘chasidan to Shahrisabz ko‘chasigacha
 
11. Taraqqiyot ko‘chasi bo‘ylab Kichik xalqa yo‘lidan to Shahrisabz ko‘chasigacha
 
12. Istiqbol ko‘chasi bo‘ylab Shahrisabz ko‘chasidan to Amir Temur prospektigacha
 
13. O‘zbekiston prospekti bo‘ylab Taras Shevchenko ko‘chasidan to amir Temur prospektigacha
 
14. Shahjahon ko‘chasi bo‘ylab Askiya ko‘chasidan to Bobur prospektigacha.
 
15. Rakat ko‘chasi bo‘ylab Askiya ko‘chasidan to Bobur prospektigacha.
 
16. O‘rikzor ko‘chasi bo‘ylab Askiya ko‘chasidan to Bobur ko‘chasigacha.
 
ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari ishtirokidagi tadbirlar davomida Nukus, Mustaqillik, Mirzo Ulug‘bek va Do‘rmon yo‘li ko‘chalaridada transport vositalari qatnovi vaqtincha cheklanadi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5304 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toshkent, Ko'chalar, SHHT
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное