Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

99 foiz Ayollar yo‘l qo‘yadigan 7 xato

Bir ko‘rishda sevishib qolgan odamning muhabbati abadiy bo‘ladi, degan afsona mavjud. Aslida ham shundaymikan? Ammo hech kim shoshilib, uy qurmaydi, kasb tanlamaydi, kasaldan forig‘ bo‘lmaydi. Psixologlarning aniqlashicha, erkak va ayol munosabatlarida mas’uliyat ko‘proq ayolning zimmasiga tushadi. Shuning uchun juflar bilan ish borilayotganda ayol bilan alohida, erkak bilan alohida gaplashiladi. Erkaklar ko‘p hollarda ayollarni nohaq deb hisoblashadi. Haqiqatan ham qachonki ayol o‘zgarsa, erkak ham o‘zgaradi. Ayollar bilan ishlagan psixologlar aksariyat ayollar yo‘l qo‘yadigan xatoliklarni aniqlashdi, quyida ularning keng tarqalgan 7 tasi bilan tanishishingiz mumkin. 
№ 1 xato: Ortiqcha gapirish, ko‘p pand-nasihat qilish
Erkak va ayol munosabatlaridagi asosiy xatolardan biri ayolning ko‘p gapirishi, pand-nasihat qilishidir. Ba’zan ayol o‘zining nima uchun kayfiyati yo‘qligini tushuntirish o‘rniga “Men sizga shuncha tushuntirsam ham hech baloni tushunmaysiz...” deb gap boshlab qoladi. Ayol mashinada ketayotganda ham yo‘l bo‘yi gapdan to‘xtamaydi, uyga kelganda ham, hatto ovqat vaqtida ham javrashdan tinmaydi, ertasi kuni hammasi boshqatdan takrorlanadi. Bunday ayoldan erkakning tezda ko‘ngli soviydi.
 
№ 2 xato: Bir-biriga zid ikki holat
Bu ikki holat quyidagilar: “Har doim erishiladigan” yoki “Hech qachon erishib bo‘lmaydigan” ayollar mavjud. Erishish oson bo‘lgan ayol juftining oldida qadrini yo‘qotadi. Mabodo ayol oilada “Ona” vazifasini o‘taydigan bo‘lsa, erkak unga sevimli ayol sifatida qaray olmaydi, chunki “Ona” va “Sevimli ayol” tushunchasi umuman biri-biriga zid tushunchalardir. Shundan keyin u ko‘chadan boshqa ayolni qidira boshlaydi.    
Haqiqiy ayol “Ona” va “Qiz” kombinatsiyasidir. Ko‘pincha ayollar hamma narsani erkakdan kutadi, aslida esa qarsak ikki qo‘ldan chiqadi. 
№ 3 xato: Erkakni yerga urish
Ayol ko‘p hollarda eriga “orzusidagi erkak” emasligini ta’kidlashga harakat qiladi. “Judayam dangasasiz!”, “Bu hol qachongacha davom etadi?”, “Hech qachon ko‘p pul topolmaysiz!” deb takrorlashni yoqtiradi. Rafiqasi tarafdan aytilgan bunday e’tirozlar erkakning o‘ziga bo‘lgan ishonchini so‘ndiradi.
№ 4 xato: Haqiqiy baxtni anglamaslik
Ota-onalarning asosiy vazifasi qiziga baxtni his qilishni o‘rgatishdir. Qiz bolaligida yaxshi baho olgani uchun, yaxshi xulqi uchun taqdirlanishini biladi. Katta hayotga qadam qo‘yganda esa orzusidagi yigitni uchratib, “Endi baxtli bo‘laman” degan ishonch paydo bo‘ladi. Ammo oradan 2-3 yil o‘tgach, o‘zi kutgan baxtga erishmagach, hamma narsadan hafsalasi pir bo‘ladi. Shuning uchun qiz bolaga yoshligidanoq oddiy narsalardan ham hayratlanishni, haqiqiy baxt sog‘lik, tinchlik, xotirjamlikda ekanligini tushuntirish lozim.
№ 5 xato: Bolalarni erkalash lozim
Bolalarning his-tuyg‘ularini tushunish lozim. Agar qizingiz yig‘layotgan bo‘lsa, uni “Bo‘lar-bo‘lmasga ko‘z yosh to‘kma”, deb urishmaslik lozim, balki “Sening o‘rningda bo‘lganimda men ham yig‘lagan bo‘lardim, hech nimadan xavotir olma, men sen bilanman” deb ko‘nglini ko‘taring. Pand-nasihat qilishdan o‘zingizni tiying. Aksariyat ayollar esa, “Men sening o‘rningda bo‘lganimda...” deb vaziyatni battar chigallashtirishadi.
№ 6 xato: Erkakka gap bermaslik
Erkak gapirishni o‘rganishi lozim. Agar erkak sukut saqlasa, ayol o‘zini keraksiz his qiladi. Biroq erkaklar yolg‘izlikda reja tuzishni yoqtiradi, bu haqda ayolga gapirishni lozim topmaydi. Mabodo u “Uch yildan keyin uy olish uchun, dam olish kunlarida ham ishlamoqchiman”, desa ayol xursand bo‘lib, uni qo‘llab-quvvatlaydi. Erkakka rafiqasi bilan birga yashayotganligi, u tayyorlagan ovqatlardan iste’mol qilayotgani kifoya, u shu narsalarni sevgi deb tushunadi. Ammo ayol buni tushunmaydi. Erkakning ishdan kelib, jimgina televizor ko‘rishini, boshqa xonada uxlab qolishini tushunishni istamaydi. Bu haqda erkakka savol berilganda, “Axir men u bilan bitta uyda yashayapman-ku, hammasi joyida”, deb javob beradi. Ayol bilan doimo gaplashish lozim, erkak rafiqasiga “Men yaxshi ko‘rgan ovqatni pishir”, desa uning shu gapdan ham boshi ko‘kka yetadi.
№ 7 xato: O‘z go‘zalligini anglamaslik
Nima uchun ayol ko‘chaga chiqishdan oldin ko‘zgu oldida kuymalanadi? Ko‘chadagi begona odamlarga chiroyli ko‘rinishga harakat qiladi, ammo uyidagi eriga go‘zal ko‘rinish uchun ozgina vaqtini qizg‘anadi. Buning asosiy sababi ayolni ko‘proq jamoatchilik fikri qiziqtiradi, eri esa har doim u bilan birga, uning fikrini u qadar ahamiyatli deb hisoblamaydi. Uyda o‘ziga qaramay, sochi to‘zg‘ib yursa ham bo‘laveradi degan fikr eng xato fikrdir. Ayol hamma joyda go‘zal bo‘lishi lozim.
Manba: Adme.ru


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 21648 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yo‘l qo‘yadigan, 7 xato, 99 foiz, Ayollar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное