Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Yaqin 50 yilda ayollar qay darajada o‘zgaradi?

50 yildan keyin ayollar qay darajada o‘zgarishi haqida olimlar bugun javob berishga harakat qilishmoqda. Vaqt bir joyda to‘xtab turmaydi, rivojlanish davom etadi, shu bilan birga ayollar ham o‘zgarib boradi. Ular bugungidan ham go‘zal bo‘ladi, deydi “Interesno.cc” nashri. 
Xelsinki universitetida Markus Yokela yetakchilik qiluvchi bir guruh olimlar kelajakda ayollar hozirgidan-da, go‘zal bo‘ladi degan xulosaga kelishdi. 
Tadqiqotchilar qonuniyatga asoslangan tendensiyani aniqlashdi, unga ko‘ra chiroyli ayollar boshqa ayollarga qaraganda 16 % ko‘proq farzandni dunyoga keltiradi, ularning bolasi ham, ayniqsa qizlari chiroyli bo‘ladi.
Shu zaylda vaqt o‘tgan sari go‘zal ayollar soni oshib boradi. Bu tendensiya erkaklarga tegishli emas.
Ayollar soni ortadi 
Satoshi Kanazama London iqtisod maktabining evolyusion psixologiya mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar agar er-xotin chiroyli bo‘lsa, ulardan tug‘iladigan qiz ham go‘zal, ham qiz tug‘ilish ehtimoli yuqori bo‘lar ekan. Shunday qilib, 50 yildan keyin erkaklarga nisbatan ayollar soni sezilarli darajada oshadi. 
Bo‘ylari pasayadi 
Yel universiteti evolyusion jarayon mutaxassisi, biologiya fanlari professori Stiven Stirns rahbarligidagi guruh o‘tkazgan tadqiqot natijasida kelajak ayollari hozirgidan ko‘ra past bo‘yli va vazni ham og‘irroq bo‘lishini ma’lum qildi. Ular Massachusets shtatidagi Fremingxem shahridagi 14 ming ayolning tibbiy kartalarini o‘qib-o‘rgandilar. Olimlar ayollarning bo‘yiga, vazniga, qon bosimiga, xolesterin miqdoriga e’tibor qaratishganda, bularning barchasi ular dunyoga keltirgan farzandlari soniga bog‘liq ekanligini aniqlashdi.  
Tadqiqot kutilmagan xulosaga olib keldi, bo‘yi past va og‘ir vaznli ayollar bo‘yi uzunlarga qaraganda ko‘proq bola tug‘ar ekan. 
Agar bu tadqiqot xulosasiga tayanadigan bo‘lsak, kelajakda ayollarning bo‘yi o‘rtacha 2 santimetrga kamayib, vazni 1 kilogrammga oshadi. O‘rta hisobda ayollar ilk farzandini 5 oy ilgari dunyoga keltiradi, menopauza esa 10 oyga suriladi.
Bir-biriga o‘xshaydi 
Olimlar zamonaviy globalizatsiya, immigratsiya va assimilyatsiya ayollar yuz tuzilishining bir-biriga o‘xshab qolishiga sabab bo‘ladi degan fikrga keldi. Sepkil, ko‘k va yashil ko‘zli insonlar kamayadi.
Ammo irqlar bir-biri bilan aralashib ketmaydi. Yuz tuzilishining o‘zgarishi ko‘p omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Bu bilan hamma ayollar bir xil qiyofaga kiradi degan fikrdan yiroqmiz. Bugungi kunda soch rangini, yuz tuzilishini, ko‘z rangini o‘zgartirish muammo emas. Kelajakda esa hali bola tug‘ilmasdanoq gen injeneriyasi, tarkibida bo‘yoq moddasi bo‘lgan hujayralar yordamida bolaning tashqi qiyofasi dasturlanadi. 
Ko‘proq yuqori lavozimda ishlashadi 
Olimlarning bashorat qilishicha, kelgusi asr shartli ravishda matriarxat deb ataladi. Ayollar yuz yillar ilgari yuqori mansabga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritganlar, yillar o‘tgan sari ular tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yib, boshqaruvni ham qo‘llariga olganlar. 
Massachusets texnologiya universiteti tadqiqotchilari kelajakda ayollar boshqaruvni o‘z qo‘llariga oladi degan xulosaga keldi. Ular Hindistonda ayollarning mahalliy kengashlardagi asosiy lavozimlarni egallashganini kuzatgandan keyin shu qarorga kelishdi. Tadqiqotlar ayollar erkaklardan ko‘ra hamqishloqlariga ko‘proq kuyunishlarini, pora olmasliklarini isbotladi. 
Ammo shunga qaramay, erkaklar hamon ayollarni qarorlarida izchil, mantiqli fikrga ega bo‘lmagan shaxs deb hisoblashadi. Dunyoning matriarxal yoki patriarxal tuzumga ega bo‘lishi, ularning qay biri afzalligini esa vaqt ko‘rsatadi.


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 8769 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ayollar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное