Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Aeroportda to‘rtta odam bosh suyagi topildi
Meksikaning Keretaro shahridagi xalqaro aeroportida jo‘natmalar ichidan to‘rtta odam bosh suyagi topildi. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib “Reuters” xabar berdi.

“Milliy gvardiya rentgen apparatlaridan foydalangan holda kurerlik kompaniyalari (jo‘natmalar)ni tekshirish davomida Keretaro aeroportida to‘rtta odamning bosh suyagini topdi”, deyiladi hukumat xabarida.

Qayd etilishicha, bosh suyagi folga qog‘ozi bilan o‘ralgan holda karton quti ichidan topilgan. Hech qanday hujjat bo‘lmagan.

Jo‘natma Meksikaning eng zo‘ravon qismlaridan biri bo‘lgan g‘arbiy qirg‘oq bo‘yidagi Michoakan shtatidan AQSHning Janubiy Karolina shtatining Manning shahridagi manzilga yuborilgan.

Nashrga ko‘ra, milliy gvardiya bosh suyaklari kimga tegishli ekani, yoshi va inson jasadlarini jo‘natish sabablari haqida qo‘shimcha ma’lumot bermagan.

Qo‘shimcha qilinishicha, inson qoldiqlarini jo‘natish uchun vakolatli sog‘liqni saqlash organining maxsus ruxsati talab qilinadi.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1772 | Рейтинг: 0| Рейтинг: suyagi, topildi, odam, bosh, aeroport, to‘rtta
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное