Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Afrikada yirik oq akula sayyoh ayolga hujum qildi
Janubiy Afrikaning Plettenberg ko‘rfazida ulkan oq akula sayozlikda suzayotgan ayolga hujum qildi, deya xabar bermoqda Daily Mail. Ayolni akula og‘zidan qutqarishning imkoni bo‘lmagan.39 yoshli sayyoh ayol qirg‘oqqa yaqin suzayotgan edi, to‘satdan uning atrofida akula paydo bo‘lgan. Yirtqich uni boshqa sayyohlarning ko‘z o‘ngida tishlab, suv ostiga sudrab ketgan. Jabrlanuvchining qichqirig‘i sohildagi odamlarning e’tiborini tortgan va ular qutqaruvchilarni chaqirgan.

Qutqaruvchilar ayolni o‘lik holda topgan. Favqulodda holat tufayli mahalliy hokimiyat ko‘rfazni yopib, ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatdi. Bu oxirgi 11 yil ichida uchinchi marta katta oq akula hujumi bo‘ldi.

Katta oq akulalarning uzunligi 6,5 metrga, og‘irligi 2 tonnagacha yetadi, ularda 300 qatorgacha o‘tkir tishlar bo‘ladi. Ov paytida yirtqich soatiga 55 kilometr tezlikda harakatlana oladi. Odatda oq akulalar tyulenlar, dengiz sherlari, delfinlar va toshbaqalarni ovlaydi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ular odamlarga tasodifan hujum qiladi, ularni tyulenlar bilan adashtiradi va ko‘pincha bir luqma bilan cheklanadi, shundan so‘ng adashganini tushunadi. Ammo odamning o‘lishi uchun bir tishlash kifoya qiladi.

“Ular odamlarni atay qidirmaydi, hujumlar kamdan-kam uchraydi va odatda qasddan sodir bo‘lmaydi. Akula hujumidan ko‘ra, yashin urib o‘lish 47 baravar, mushakbozlikdan o‘lish 11 baravar ko‘proq kuzatiladi. Asosiysi, noto‘g‘ri vaqtda noto‘g‘ri joyda bo‘lmaslik”, — dedi mutaxassis.



Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 997 | Рейтинг: 0| Рейтинг: sayyoh, HUJUM, Afrikada, ayolga, qildi, Oq, yirik, akula
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное