Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Aktyor Matyoqub Matchonov yangi uyushma raisi etib tayinlandi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, "Do‘stlik" ordeni sohibi Matyoqub Matchonov O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasiga rais etib tayinlandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” nashri “O‘zbekkino”ning feysbukdagi sahifasidagi ma’lumotga asoslanib, xabar bergan.

Ma’lumot uchun, Uyushma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3176-sonli qaroriga asosan qayta tashkil etilgan.

Uyushmaning asosiy vazifalari milliy kinematografiya yo‘nalishlarini belgilash, yangi badiiy jamoalar tuzish, boy an’analarga tayangan holda jahon andozalari darajasidagi zamonaviy milliy kino san’ati maktabini yaratish, O‘zbekiston kino san’atini mamlakatimizda va chet ellarda targ‘ib etish, xorijiy kino ustalari bilan ijodiy aloqalarni o‘rnatish va kengaytirish, milliy va xalqaro kinofestivallarida ishtirok etish hamda ularni tashkil etish, kino sohasida ijtimoiy madaniy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil qilishdir.



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3051 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yangi uyushma, raisi, aktyor, Matyoqub Matchonov, etib tayinlandi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное