Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Aktyor Umid Iskandarov: Ayolimni ilk bor ko‘rganimda, unga gap otganman

Aktyor Umid Iskandarov va uning turmush o‘rtog‘i Renata o‘zlarining muhabbat tarixini yodga oldi, deb xabar beradi “Bekajon” gazetasi.
“Tanishuvimiz juda ham oddiy bo‘lgan. Ijodga endigina qadam qo‘ygan vaqtlarim edi, – deya gap boshladi aktyor. – Bir kuni ko‘ngil yozish uchun boqqa sayrga chiqdim. Renata ham ukasi bilan sayr qilib yurgan ekan. Uni ko‘rib, yoqtirib qoldim. Unga gap otdim (kuladi). Yaqindan tanishish uchun harakat qilganman”.
“To‘g‘risi, bu bir ko‘rishda muhabbat bo‘lgan, – dedi Renata Iskandarova. – Bo‘lajak turmush o‘rtog‘imning aktyor ekanini bilmaganman. Men uchun u oddiy, kelishgan, yaxshi yigit edi, xolos. Ko‘pchilik bizni syomka vaqtida uchrashgan, deb o‘ylashadi. Turmush qurganimdan bir yil o‘tgachgina tanishlarimning taklifi bilan pardozchi bo‘lib ishlay boshlaganman”.
Manba:daryo.uz


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 10578 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Umid Iskandarov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное