Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. TisMarHan-soundtreck
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Ishq Jodusi - All I want
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Qirolicha - Soundterck
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Qirolicha - Stakan Version
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Efir Sirlari - Piano Version
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Yangi kartina ekranlarda necha kun turib bera oladi? Tillarda va dillarda-chi?

10-iyuldan yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etilayotgan yangi kartinaga nisbatan tomoshabinlar sevgi-muhabbat tuyg‘ularidan boshqa mavzularda ham kino yaratish, yaratganda ham yaxshigina taassurot qoldirish mumkinligi borasida xulosalar chiqarishayotir. Rejissyor Ilhom  Muhammadibrohimovning  iste’dodli ssenariynavis Yolqin To‘ychiev  ssenariysi asosida suratga olgan  “Sadoqat” filmi oilaviy munosabatlar va qadriyatlar haqida. Mazkur film hozirgi paytda ekranlarga chiqayotgan oldi-qochdi filmlardan tubdan farq qiladi. Aka-uka, aka-singil o‘rtasidagi mehr-oqibat, ziddiyatli holatlar film syujetini asoslaydi. Ota-onadan erta yetim qolgan oilada to‘ng‘ich o‘g‘il - oila boshlig‘i. Singil va ukaning tashvishi akaning zimmasida. Bu oilaning boshiga taqdirning og‘ir zarbalari tushadi. Ana shunda har bir qahramon sinovdan o‘tadi. Yosh rejissyor tajribali ssenariynavis Yolqin To‘ychievning saviyali materialiga tayanib, hayotiy voqeliklarni ochib beradi. Bosh qahramonlar obrazini aktyorlar Yoqub Ahmedov, Nargiza Salmonova, Muqaddas Sa’dullayeva, Umid Iskandarov ijro etdi. Film kutilmagan holatlarga boy. Tomoshabin  intrigalarga boy syujetni qiziqish bilan kuzatadi. Yosh rejissyorning jiddiy mavzuni ko‘tarib chiqqani e’tiborga loyiq. Insoniy munosabatlarga yolg‘on aralashsa, xiyonat, razolat oilada hukm sursa, bunday oila barbod bo‘ladi. Professional kinoijodkorlar bilan hamkorlikda rejissyor hayotiy mavzuni ishonarli tarzda ochib bergan. “Sadoqat” filmining  yoshlarimiz uchun saboq bo‘ladigan jihatlari ko‘p. Oilaning, muhabbatning qadriga yetish, sevgisiga, o‘z hayotiy prinsipiga sodiq qolish-filmning asosiy g‘oyasidir.
Parviz FATTOYEV


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 6533 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Umid Iskandarov, Uzbek kino, Nargiza Salmonova, Yangi kartina, dillar, Muqaddas Sa’dullayeva, tillar, Yoqub Ahmedov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
samiya Sayitga qachon joylesilaaa
Like | 0
NaTaLi Ko'ramiz
Like | 0
shirin20 Hozirgi o'zbek filmlari issuda kinoteatrga borib ikki soat vohtti sarflashga umuman arzimidi! To'risini etsam o'zimizani shou bizzga vawe qziqmi qo'ygaman...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное