Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Umid va Renata Iskandarovlarning oilasiga darz ketdimi?

Yil boshidan “Umid va Renata ajrashibdimi?” qabilidagi savollarning oxiri ko‘rinmadi. Renataning so‘nggi vaqtlarda Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga qo‘yib borayotgan suratlari va tushkun kayfiyatdagi izohlari ham tarqalgan gap-so‘zlarning yanada quloch yozishiga sabab bo‘ldi. “Qalampir.uz” muxbiri mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida Umid va Renataga qo‘ng‘iroq qildi.

Renata Iskandarova: 
— Bu bizning shaxsiy hayotimiz. Shu bois bu haqida hech qanday intervyu bermaymiz. Qani aytingchi, men va turmush o‘rtog‘imdan boshqa kim bizning oilamiz haqida aniq ma’lumot aytishi mumkin? Javobim shuki, biz birga baxtli yashayapmiz.

Umid Iskandarov: 
— Bunday gaplarni kim tarqatyapti? Ishontirib aytamanki, bu xabar mutlaqo noto‘g‘ri. Hammasi uydirma va asossiz mish-mish, xolos. Oilamiz tinch va biz birga yashayapmiz.

Bundan biroz avval Umid Iskandarovning turmush o‘rtog‘i Renata Iskandarovani tavallud ayyomi bilan tabriklab Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga joylashtirgan suratiga ham muxlislar yuqoridagi gap-so‘zlar bilan bog‘liq izohlar qoldirishgan edi. Kimdir Umid ham, Renata ham ijtimoiy tarmoqlarga anchadan buyon birga tushgan suratlarini qo‘ymayotganini aytsa, yana kimdir Renataning qo‘lida hatto nikoh uzugi ko‘rinmay qolganini ochiq-oydin yozib qoldirgan. Renata esa bu izohlarga javoban “Oilaviy suratimiz uyda turibdi. Nikoh uzugimga kelsak, bu birga yashayotganimiz yoki birga emasligimizdan nishon emas”, – deya javob qaytargan.
Eslatib o‘tamiz, Umid Iskandarov va Renata Iskandarova 2008 yilda turmush qurgan.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7304 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Renata Iskandarov, Umid Iskandarov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное