Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Umid Iskandarov sevishganlar rolidan charchadi


Bugungi aktyor Umid Iskandarovni savolga tutmaymiz, aksincha aktyor o‘zi haqidagi fikrlarni o‘zi bayon etadi.

Ustoz.

Faqat ta’lim bergan yoki biror-bir kasbga o‘rgatgan insonlarni ustoz, deyish noto‘g‘ri menimcha. Men har kuni uchratadigan, bilib-bilmay menga o‘rnak bo‘lganlarni ham ustoz deb tan olaman. Haqiqiy ustozlar hayotda tanlagan yo‘nalishimizni aniqlashga yordam berishadi. Bu ro‘yxatning birinchi qatorida oliygohdagi Eduard Davidov, Mahkam Muhammedovlar o‘rin olgan. Ular menga san’at haqidagi tushunchalarni singdirib, qiziqishimni orttirishgan. Bundan tashqari, ukam Muhammadali Iskandarov va buvimdan ham ko‘p maslahat olaman.

Kino va teatr.

Teatrda faoliyat olib borish haqida ko‘p o‘ylaganman. Faqat buning uchun avvalambor har bir ishni to‘g‘ri taqsimlay bilish kerak. Kun tartibim rejaga solinmagan. Kunduzi 2-3 gacha uxlab, keyin tuni bilan tasvirga olish ishlari, ijod bilan band bo‘laman. Bunday rejimda teatrda ishlay olmasligim aniq. Lekin teatrda rol ijro etib, tomoshabinlar bilan jonli muloqotda ishlashni orzu qilaman. Bu maskanga, u yerda faoliyat yuritadigan ustozlarga mehrim boshqacha.

Kutilmagan tanaffus.

Shunday vaqtlar bo‘ldiki, menga taklif qilingan barcha rollarni o‘ylab o‘tirmasdan qabul qildim. Ammo bir xillikdan qochish vaqt keldi. Bu gapim bilan kinoijodkorlarni qoralash, ijodlariga past nazar bilan qarash niyatim yo‘q. Biroq o‘zimni tarixiy, kinomatografiyamizda yangilik bo‘la oladigan janrdagi filmlarda ko‘rgim kelyapti. Sevishganlarning rolidan juda charchadim. Umid Iskandarov zamon qahramoni rollarini ijro etadigan vaqt keldi, deb hisoblayman. Lekin shunday bo‘lsa ham, bekorchi bo‘lib qolmaslik uchun bir-ikki filmlarda rollarim bor.

Muammolar.

Bu hayotda muammosiz yashab bo‘lmaydi. Bugun meni qiynayotgan tashvishlardan biri bu kam xarajat qilib, yaxshi kinoasar suratga olish. Dunyoda shunday kartinalar borki, ularning xarajati juda kam, biroq, eng kassabop kinoga aylangan. Shu o‘rinda, Muhammadali rejissyorligida suratga olinayotgan yangi loyihani aytib o‘tmoqchiman. “Afg‘onda qolgan...” filmining voqealari orqali 80-yillarning dolzarb masalalari bugungi kunimizga ham ta’sir etayotganini ko‘rishingiz mumkin.

Do‘stlar.

Ko‘pincha san’atkorni faqat san’atkor tushunadi, degan gapni eshitaman. To‘g‘ri, ba’zi masalalarda hamkasblarning til topishishi oson. Lekin chin do‘st bo‘lishda kasbning hech qanday o‘rni yo‘q. Masalan, mening yaqin do‘stlarimdan biri ichki ishlar xodimi — Muzaffar. U bilan bir-birimizni tushunish uchun yarim so‘zning o‘zi kifoya. Lekin barchadan afzal ko‘radigan insonim, bu — ukam. U bilan har qanday vaziyatda bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab turamiz.

Xobbi.

Bolaligimdan mashinalarga, ularning tuzilishiga yangi chiqqan modellariga juda qiziqaman. Orada tashvishlar bilan bo‘lib bu xobbimni biroz unutgan edim. Ammo endi o‘sha qiziqishim yana ortib boryapti. Bo‘sh vaqtim bo‘lishi bilan mashinalar haqidagi ko‘rsatuvlarni mazza qilib tomosha qilyapman.

Og‘zi kuygan...

Bilasizmi, shu kungacha shaxsiy hayotim bilan bog‘liq barcha savollarga javob berib kelganman. Ammo bugun tushunib yetdimki, san’atkorning shaxsiy hayoti doim sir bo‘lib qolishi kerak ekan. Chunki, so‘nggi paytlarda oilam bilan bog‘liq bo‘lar-bo‘lmas gap-so‘zlar tarqaldi. Bu juda yoqimsiz holat. Shuning uchun oilam haqidagi har qanday savollarni ochiq qoldiryapman. “Og‘zi kuygan, qattiqni ham puflab ichadi” deyishadi-ku... Nafaqat rafiqam, balki ota-onam haqida ham gapirmayman.

Aliya SULAYMANOVA



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 5206 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Umid Iskandarov, Sevishganlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное