Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaqnus - Mal De music
. Pazanda - Sad Love
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Pazanda - Im Loving You
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Jumong-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Osiyo-Soundtreck
. Qirolicha - Stakan Version
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Tabib-soundtreck (koreya)
Главная » Файлы » Bollewood (Xindiston yangiliklari)

"Sevishganlar" va "Bajirao mastani" "duel"i! Qay biri ustun kelmoqda?

Hindistonning nufuzli nashrlariga ko‘ra, “Bajirao Mastani” va “Sevishganlar” “duel”da! 2015- yilning eng shov-shuvli kartinalari bir kunda premera qilinganidan xabaringiz bor. Bunday holat 2007 yilda ham takrorlangandi. O‘shanda Sanjay Lila Bhansali “Sevishganlar” filmini Shohruh Xonning “Om Shanti Om”iga “qarshi” qo‘ygandi! Biroq, qator mega-yulduzlar ishtirokidagi “Om Shanti Om”ning muvaffaqiyati Ranbir Kapur va Sonam Kapur kabi ikki bo‘lajak yulduzning debyuti hisoblangan “Sevishganlar”ni “sindirib” qo‘ygandi. Biroq, bu gal unday bo‘lmadi. Bhansali yana Shohruh Xonga “qarshi” va qaysidir ma’noda ustun kelmoqda...
“Bajirao Mastani” “Sevishganlar”ning “ikki g‘ildirakli arava”si oldini to‘sib olganday... Premeralardan so‘ng, “Sevishganlar” tomon negativ fikrlar yog‘dirildi, “Bajirao Mastani” maqtovlar qurshovida qoldi. Ammo, “ashaddiy” muxlislar sevimli kumiri – Shohruh Xonni baribir yolg‘izlatib qo‘ymayotir!
Shu kunlarda boks-ofis natijalariga ko‘ra, Hindiston bo‘ylab, “Sevishganlar” 123,88 kror, “Bajirao Mastani” esa 120,45 kror jamlashga ulgurdi.
Hind jurnalistlariga ko‘ra, Shohruh Xonning xalqaro miqyosidagi obro‘yi Bhansalining yangi kartinasi biznesini ancha ortda qoldirishga xizmat qilishi mumkin. Biroq, so‘nggi xulosa baribir Hindistonda ulardan qay biri g‘alaba qozonishiga qoladi!  Shunday ekan, Bollivudning eng kuchli rejissyorlaridan biri sanalgan Sanjay Lila Bhansali 8 yil oldingi “mag‘lubiyat”idan keyingi “o‘ch”ini, “qasos”ini baribir oladiganga o‘xshaydi. Uning “Bajirao Mastani”si “Sevishganlar” kabi misli ko‘rilmagan darajada piar qilinmagan bo‘lsa-da, tomoshabinar cho‘ntagidan yig‘ib olayotgan tushumi kutilgan yo kutilmagan darajada ortib bormoqda. Shu kunlarda Bollivudda ana shunaqa gaplar!  
Jasur HAMROYEV


Категория: Bollewood (Xindiston yangiliklari)
Просмотров: 7328 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Bajirao, Sevishganlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
e7952565 Eng z6ri dilwale
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное